Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 1 814 126 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 278 070 doza, 2-bosqichda emlanganlar 536 056 nafarni tashkil qildi.

27 mayda O‘zbekiston bo‘ylab 75 296 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 38 334 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 36 962 nafarni tashkil qildi.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 236 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 27 may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99 580 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 95 250 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda, so‘nggi kun ichida 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan bo‘lib, kasallikdan vafot etganlar soni 687 nafarni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3643 nafar bemor davolanmoqda.