Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv yili oxirigacha barcha kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni onlayn davom ettiriladi, deya xabar bermoqda universitet matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qarorga kelishda talabalarning ko‘plab murojaatlari inobatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, universitet 27 apreldan 10 mayga qadar 14 kunga masofaviy ta’limga o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Avvalroq, O‘zJOKUda ham ta’lim jarayonlari o‘quv yili oxirigacha masofaviy tarzda davom ettirilishi haqida yozgan edik.