Hozirda dunyoda yuz millionlab odamlar COVID-19ga qarshi emlanmoqda va virusning tarqalishi aholining muhim qismi emlangan mamlakatlarda kamayishi kerak. Ammo hamma joyda ham ushbu holat kuzatilayotgani yo‘q, deb yozadi Bloomberg.

Nashrning ta’kidlashicha, ikkita tendensiya mavjud: masalan, Isroilda COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamayib bormoqda, chunki emlash qamrovi ko‘paymoqda, boshqa mamlakatlarga qaraganda aholining ko‘p qismi to‘liq emlangan Seyshel orollarida esa kasallanish holatlari o‘sishda davom etmoqda.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holatning sabablardan biri har xil turdagi vaksinalardan foydalanish bo‘lishi mumkin. Moderna yoki Pfizer-BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan RNK vaksinalari (ribonuklein kislota asosidagi vaksinalar) infeksiyani to‘xtatishda yaxshiroq bo‘lib, uning keyingi tarqalishini kamaytiradi. Boshqa vaksinalar, og‘ir kasallik va COVID-19 o‘limining oldini olishda samarali bo‘lishiga qaramay, bir xil afzalliklarga ega bo‘lmasligi mumkin, deb yozadi nashr.

The Lancet jurnalida nashr etilgan Pfizer-BioNTech bilan emlangan Isroilning millionlab odamlari ma’lumotlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, preparat 90% dan ortiq asemptomatik koronavirus holatlarining oldini olishga yordam berdi, deb yozadi Bloomberg. Vaksinaning infeksiya asemptomatik yuqishini to‘xtatish qobiliyati «jamoaviy immunitetning shakllanishi mumkinligini belgilovchi omil», dedi nashrga Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti epidemiologi (Raina MacIntyre).

«Shu tariqa, mamlakat qabul qilishi mumkin bo‘lgan vaksinalar barcha narsaga: mamlakatdagi har kungi kasallanish holatlarinining ta’sirini inobatga olgan holda niqob taqish tartibi va ijtimoiy masofadan tortib, chegaradagi cheklovlarni bekor qilish va iqtisodiyotni tiklashga qadar ta’sir qilishi mumkin. Odamlar uchun bu pandemiyadan avvalgi erkinlikka qaytishlarini belgilashi mumkin», — deyiladi maqolada.

Samaradorlikdagi farqlar bir nechta preparatlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda individual vaksinalarni afzal ko‘rishga olib kelmoqda. Masalan, Filippindagi emlash markazlaridan biriga Pfizer vaksinasini olish umidida to‘plangan olomondan keyin mamlakatdagi boshqa emlash markazlariga qaysi brend bilan emlanayotganini oshkor qilmaslik buyurilgan.

Maqola mualliflari, shuningdek, AQSHdagi vaziyatni misol qilib keltirganlar. Bu yerda aholining deyarli 40% RNK vaksinalari bilan emlangan va kasallikning yangi holatlari o‘tgan to‘rt oy ichida 85% dan ko‘proqqa kamaygan. To‘liq vaksinalangan amerikaliklarga yaqinda niqob taqmaslik va ijtimoiy masofani saqlashga ruxsat berildi.

Aholining taxminan 60% Pfizer bilan to‘liq emlangan Isroil ham cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qildi — mamlakatda yangi holatlar yil boshida qayd etilgan kuniga 8000 ta holatdan 50 va undan kamroq holatlarga kamaydi. Qatarda ham, Maltada ham yangi yuqtirishlar soni kamaymoqda, bu yerda aholining taxminan 30%, asosan RNK vaksinalari bilan emlangan.

Bloomberg ta’kidlashicha, mavjud RNK vaksinalari juda past haroratlarda saqlanishi kerak, bu esa ularning transport va vaksina infratuzilmasi yomon bo‘lgan mamlakatlarda ham mavjud bo‘lish imkoniyatini cheklaydi. Mualliflarning ta’kidlashicha, bu o‘z navbatida aksariyat davlatlar adenovirus vektorli vaksina — AstraZeneca`dan Xitoyning Sinopharm i Sinovac Biotech`gacha bo‘lgan RNK asosida yaratilmagan vaksinalarga ishonishiga olib keladi, ular koronavirusning nofaol (o‘ldirilgan) shaklidan foydalanadilar.

Ushbu an’anaviy vaksinalar klinik sinovlarda simptomatik COVID-19 ning oldini olishda RNK vaksinalarining 90 foizli samaradorligiga nisbatan 50% dan 80% gacha bo‘lgan ko‘rsatkichini qayd etgan. Mazkur vaksinalarning virus yuqishini to‘xtatish qobiliyatiga oid ma’lumotlar kam, ammo u pastroq bo‘lishi mumkinligiga ishora bor, deya qo‘shimcha qiladi nashr.

Seyshel orollari aholisining 65 foizga yaqini AstraZeneca va Sinopharm bilan emlandi, ammo bu oyda bir hafta ichida yangi kasallanish holatlari soni tez sur’atlarda ko‘payib, 37 foiz bemorlar ikki doza bilan emlangan. Ushbu kasallikning ko‘payishi rasmiylarni maktablarni yopishga, sport tadbirlarini bekor qilishga va uy uchrashuvlarini taqiqlashga undadi. To‘liq emlanganlarning taxminan 60% Sinopharm, qolganlari esa AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.

Shu bilan birga, nashrning yozishicha, tasdiqlangan barcha vaksinalar kasallikning og‘ir holatlarining rivojlanishini yoki o‘lim xavfini kamaytiradi. Bu esa kasalxonalarning ish yukini kamaytirilishiga olib keladi. COVID-19 ning yengil holatlari bilan emlash ham jamoaviy immunitetni shakllantirishga yordam beradi.

«Infeksiyalarga qarshi immuniteti kam, ammo og‘ir alomatlar paydo bo‘lishiga qarshi immuniteti yuqori bo‘lgan mamlakatlarda virus asosan aylanib yuradi va yengil kasallik keltirib chiqaradi, bu esa immunitetni yuqori darajaga ko‘taradi», — deya Bloomberg Gonkong universiteti epidemiologi Ben Kovling so‘zlarini keltiradi.

Hozirda xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 (rekombinant) vaksinasi, shuningdek, AstraZeneca (Hindistonda ishlab chiqarilgan CoviShield) va Rossiyaning «Sputnik V» (ikkalasi ham adenovirus vektorida) mavjud.