Koronavirus

Yana 153 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 18324)
22 iyul 2020, 17:10

Yana 153 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 18324)

Koronavirus bemorlari soni 153 nafarga ortib, jami 18324 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

Uy sharoitida COVID-19 dan davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi
22 iyul 2020, 16:32

Uy sharoitida COVID-19 dan davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi

Mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni 1706 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning eng ko‘pi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.

Koronavirus holatlari 18 mingdan oshdi
22 iyul 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 18 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 290 nafarga ortib, jami 18171 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Andijon, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Rasman tasdig‘ini topgan koronavirus holatlari 17 755 taga yetdi (+165)
21 iyul 2020, 17:04

Rasman tasdig‘ini topgan koronavirus holatlari 17 755 taga yetdi (+165)

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan bemorlar soni 165 nafarga oshib, umumiy ko‘rsatkich 17 755 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining asosiy qismi — 104 tasi Toshkentda, 54 tasi esa Andijonda aniqlandi.

Parkentda karantin qoidalarini buzganlarga 397,6 mln so‘mlik jarimalar yozilmagani aniqlandi
21 iyul 2020, 16:50

Parkentda karantin qoidalarini buzganlarga 397,6 mln so‘mlik jarimalar yozilmagani aniqlandi

Parkent tumanida karantin qoidalarini buzgan 86 kishiga istisno tariqasida 397,6 mln so‘mlik jarimalar tayinlanmagani aniqlandi.

O‘zbekiston va Xitoy COVID-19 vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazishi mumkin
21 iyul 2020, 16:25

O‘zbekiston va Xitoy COVID-19 vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazishi mumkin

Xitoyning Sinopharm Group kompaniyasi koronavirus vaksinasi sinovlarining yakuniy bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirdi. Yangi vaksina BAAda ham sinovdan o‘tkaziladi.

Quvayt O‘zbekistonga tibbiyot muassasalarini jihozlashga 5,6 mln dollar ajratadi
21 iyul 2020, 16:15

Quvayt O‘zbekistonga tibbiyot muassasalarini jihozlashga 5,6 mln dollar ajratadi

Quvayt jamg‘armasi O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini koronavirusga qarshi kurashda zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 mln dollar ajratishni ma’qulladi.

Alisher Qodirov xorijdan vatandoshlarni olib kelishni to‘xtatishni taklif qildi
21 iyul 2020, 15:27

Alisher Qodirov xorijdan vatandoshlarni olib kelishni to‘xtatishni taklif qildi

«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov Isroil tajribasiga suyangan holda xorijdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirishni taklif qildi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev xorijda qolgan barchani qaytarishga va’da bergan edi.

Qator futbolchilarda COVID-19 aniqlangani sababli Superliganing keyingi turi qoldirildi
21 iyul 2020, 11:41

Qator futbolchilarda COVID-19 aniqlangani sababli Superliganing keyingi turi qoldirildi

«Paxtakor», «Buxoro» hamda «Surxon» futbol klublarining o‘ndan ziyod o‘yinchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Superliga uchrashuvlari 28 iyulga qadar to‘xtatiladi.

Koronavirus holatlari 17,6 mingga yaqinlashdi
21 iyul 2020, 10:19

Koronavirus holatlari 17,6 mingga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 17590 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoroqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 562 kishida koronavirus tasdiqlandi (umumiy — 17314)
20 iyul 2020, 23:54

Kun davomida 562 kishida koronavirus tasdiqlandi (umumiy — 17314)

O‘zbekistonda 20 iyul kuni 562 ta koronavirus holati tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 17314 taga yetdi. Sog‘ayganlar, karantindagilar va vafot etganlar statistikasi, hududlardagi vaziyat.

Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmon imzolandi
20 iyul 2020, 22:14

Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmon imzolandi

Prezident farmoni bilan soliq imtiyozlari va preferensiyalari muddatlari uzaytirildi, umumiy ovqatlanish sohasi va ijara beruvchilar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilindi, ularga boshqa yengilliklar ham berildi.

2020 yilda «Oltin to‘p» mukofoti topshirilmaydi
20 iyul 2020, 18:33

2020 yilda «Oltin to‘p» mukofoti topshirilmaydi

COVID-19 pandemiyasi sababli bu yil sayyoraning eng yaxshi futbol o‘yinchisi aniqlanmaydi. «Oltin to‘p» mukofot ta’sis etilganidan beri birinchi marta topshirilmaydi.

Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
20 iyul 2020, 17:57

Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Kuchaytirilgan tartib davrida tez tibbiy yordam xodimlari maoshlariga oylik qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi. Unga ko‘ra, vrach xodimlar — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlari — 1,5 mln so‘m va haydovchilar — 1 mln so‘m oladigan bo‘ldi.

UzAuto tez tibbiy yordam avtomobillarini SSVga taqdim etdi
20 iyul 2020, 17:49

UzAuto tez tibbiy yordam avtomobillarini SSVga taqdim etdi

Aholining tibbiy yordamga o‘sgan ehtiyojini qondirish maqsadida UzAuto 27 ta ISUZU D-Max va 250 dona Chevrolet Damas avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillari taqdim etdi. Shuningdek, Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi keyingi haftadan yetkazib beriladi.

Yana 183 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 17149)
20 iyul 2020, 17:06

Yana 183 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 17149)

Koronavirus bemorlari soni 183 nafarga ortib, jami 17149 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

Yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi
20 iyul 2020, 16:53

Yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli va 42 yoshli toshkentlik bemorlar o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdilar. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 90 nafarga yetdi.

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi
20 iyul 2020, 15:36

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi

Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar soni uch baravar ko‘payib, kuniga 6 mingtaga yetdi. Tez yordam mashinalari soni esa 178 dan 300 gacha oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kislorod konsentratorlarini yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
20 iyul 2020, 12:03

Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kislorod konsentratorlarini yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlarni O‘zbekistonga tezkor yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rishni topshiriq berdi. Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish haqini joyida oladi
20 iyul 2020, 11:39

COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish haqini joyida oladi

Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan bir qator topshiriqlar berdi. Xususan, koronavirus bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi, shifoxonalarni qo‘shimcha O‘SV apparatlari va boshqa uskunalar, dori-darmon bilan ta’minlash, yangi davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, PSR-tahlil natijalarini tezlashtirish choralari belgilandi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting