22 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18324 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 443 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 9554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.