Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov O‘zbekistonda uy sharoitida koronavirus infeksiyasidan 1706 nafar bemor davolanayotgani ma’lum qildi.

22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarning hududiy taqsimlanishi quyidagicha:

  • Toshkent viloyati — 637;
  • Toshkent shahrida — 413;
  • Navoiy viloyatida — 404;
  • Sirdaryo viloyatida — 156;
  • Andijon viloyatida — 136;
  • Surxondaryo viloyatida — 101;
  • Samarqand viloyatida — 96;
  • Qoraqalpog‘istonda — 58;
  • Jizzax viloyatida — 22;
  • Namangan viloyatida — 21;
  • Qashqadaryo viloyatida — 21.

Ta’kidlanishicha, bemorlarning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

«Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi.