Koronavirus

Koronavirus rekordlari: kun davomida 692 ta yangi holat qayd etildi, 672 kishi sog‘aydi
30 iyul 2020, 00:10

Koronavirus rekordlari: kun davomida 692 ta yangi holat qayd etildi, 672 kishi sog‘aydi

29 iyul kuni O‘zbekistonda 692 kishida koronavirus tasdiqlandi, 672 kishi esa infeksiyadan sog‘aydi. 5 kishi, jumladan, 22 yoshli homilador ayol olamdan o‘tdi. 172 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

Nurmat Otabekovda koronavirus tasdiqlandi
30 iyul 2020, 00:04

Nurmat Otabekovda koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekiston bosh davlat sanitar inspektori Nurmat Otabekovning koronavirusga chalingani tasdiqlandi.

SSV: 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan
29 iyul 2020, 17:56

SSV: 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan

O‘zbekistonda shu vaqtda qadar 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangani, ulardan 120 nafarining sog‘aygani ma’lum qilindi. Hozirda 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan.

Yana 205 nafar kishida koronavurus aniqlandi
29 iyul 2020, 17:15

Yana 205 nafar kishida koronavurus aniqlandi

Koronavirus bemorlari soni 205 nafarga ortib, jami 22374 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 190 nafari Toshkent shahrida, 96 nafari Karantin markazida, 11 nafari Andijon viloyatida va qolgan 4 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi.

Sirdaryolik 70 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
29 iyul 2020, 16:36

Sirdaryolik 70 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli sirdaryolik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 129 nafarga yetdi.

Yunusobod tumanida COVID-19 ga test topshirish tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda
29 iyul 2020, 15:15

Yunusobod tumanida COVID-19 ga test topshirish tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda

Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori avtoturargohi hududida Immunitetni tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu yerda aholi COVID-19 ga test topshirish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi
29 iyul 2020, 14:45

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, giperglikemik komadan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 128 nafarga yetdi.

Qozog‘istonda karantin yana ikki haftaga uzaytiriladi
29 iyul 2020, 12:42

Qozog‘istonda karantin yana ikki haftaga uzaytiriladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda iyul oyi oxirigacha amalda bo‘lgan karantin tadbirlarini yana ikki haftaga cho‘zish va undan keyin bosqichma-bosqich yumshatishni buyurdi.

Lukashenko koronavirusni «oyoqda» o‘tkazganini ma’lum qildi
29 iyul 2020, 12:29

Lukashenko koronavirusni «oyoqda» o‘tkazganini ma’lum qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini ma’lum qildi. Unda kasallik simptomsiz kechganini va u infeksiyani «oyoqda» o‘tkazganini ta’kidladi.

Koronavirus holatlari 22,1 mingdan oshdi
29 iyul 2020, 10:06

Koronavirus holatlari 22,1 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 22169 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

COVID-19: Kun davomida ikki rekord qayd etildi — kasallanish va sog‘ayish bo‘yicha
28 iyul 2020, 23:56

COVID-19: Kun davomida ikki rekord qayd etildi — kasallanish va sog‘ayish bo‘yicha

28 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish va undan sog‘ayish bo‘yicha rekord qayd etildi. Umumiy ko‘rsatkich esa 21893 taga yetdi. 91 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

Koronavirus holatlari 21,7 mingga yaqinlashdi
28 iyul 2020, 17:04

Koronavirus holatlari 21,7 mingga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 193 nafarga ortib, jami 21699 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 122 nafari Toshkent shahrida, 32 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 18 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

O‘zbekistonda PZR-testlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi
28 iyul 2020, 13:00

O‘zbekistonda PZR-testlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda koronavirusni aniqlovchi test tizimi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda 100 ming dona test tizimini o‘z ichiga olgan navbatdagi partiya ishlab chiqarildi. Ushbu startap haftasiga 100 000 ta test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Tibbiyot OTM bitiruvchilari COVID-19 ga qarshi kurashga jalb qilinadi
28 iyul 2020, 11:47

Tibbiyot OTM bitiruvchilari COVID-19 ga qarshi kurashga jalb qilinadi

Tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga jalb qilinadi.

Koronavirusga test natijalari 3 kunda telefon orqali xabar beriladi
28 iyul 2020, 11:22

Koronavirusga test natijalari 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, koronavirusga test natijalari haqida 3 kunda xabardor qilinadi. Bundan tashqari, uy sharoitida davolanayotganlarga yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi.

Koronavirus holatlari 21,5 mingdan oshdi
28 iyul 2020, 10:06

Koronavirus holatlari 21,5 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 297 nafarga ortib, jami 21506 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida rekord darajada — 678 ta koronavirus holati aniqlandi
28 iyul 2020, 00:10

Kun davomida rekord darajada — 678 ta koronavirus holati aniqlandi

27 iyul kuni O‘zbekistonda rekord darajada 678 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 21209 taga yetdi.

Yana 132 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 20952)
27 iyul 2020, 17:10

Yana 132 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 20952)

Koronavirus bemorlari soni 132 nafarga ortib, jami 20952 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 84 nafari Toshkent shahrida va 48 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

«Karantin asosiy g‘oyasini yo‘qotdi» — immunolog-infeksionist
27 iyul 2020, 16:03

«Karantin asosiy g‘oyasini yo‘qotdi» — immunolog-infeksionist

Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus aholi orasida tarqalishi sababli qattiq karantin cheklovlarini o‘rnatish choralari asosiy g‘oyasini yo‘qotgan. Virusolog Dildora Sekler esa hozir bemorlarni tibbiy tartiblash muhim ekanini ta’kidlamoqda.

Koronavirus holatlari 20,8 mingdan oshdi
27 iyul 2020, 11:39

Koronavirus holatlari 20,8 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 289 nafarga ortib, jami 20820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting