20 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17149 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin марказидаги (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 397 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 9387 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.