O‘zbekiston TIVda Portugaliyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Madalena Fisherdan ishonch yorliqlari qabul qilib olindi. Bu haqda vazirlik rahbari Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash zarurligi, bugungi holat mavjud salohiyatga mos kelmasligi ta’kidlandi.

ishonch ёрлиғи, Madalena Фишер, португалия

“Tashqi ishlar vazirliklari bu sa’y-harakatlarning tashabbuskori bo‘ladi. Elchi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish va undan samarali foydalanishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.