Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 21 yoshli Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 13-may kuni soat 15:00 atrofida tumanning “To‘pabjuvoz” MFY hududida sodir bo‘lgan. 23 yoshli haydovchi X.J. boshqaruvidagi Lacetti mashinasini tartibga solingan chorrahada svetoforning yashil chirog‘ida boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shunda piyodalar o‘tish joyidan “keskin o‘tib yuborgan” 41 yoshli piyoda B.D.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi bilan bog‘liq tan jarohati olgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida Damas piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yuborgandi. Qiz tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.