Shavkat Mirziyoyev Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilish marosimida ishtirok etadi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasidagi yangi obyekt va loyihalar bilan ham tanishishi kutilmoqda.

Botir Zokirov haykali avvallari Olmazor deb atalgan, keyin esa qo‘shiqchining nomini olgan ko‘chaga o‘rnatildi. Xuddi shu ko‘chada Botir Zokirov nomidagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ham joylashgan.

Ushbu chora-tadbirlar 2021-yilda Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash doirasida amalga oshirildi. Shu bilan birga, artist vafotidan keyin “El-yurt xurmati” ordeni bilan taqdirlangan.