Tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch shahrida voyaga yetmagan yigit yuqori qavatdan tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 2007-yilda tug‘ilgan yigit ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan avtomashina ustiga qulagan. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.