Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP, my.gov.uz) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha so‘rovnoma e’lon qildi.

Ushbu havola orqali so‘rovnomada ishtirok etish mumkin. Savollar orasida davlat xizmatlaridan foydalanish chastotasi, zamonaviy qurilmalardan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish qulayligi, portaldan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar va boshqalar bor.

Avvalroq “Gazeta.uz” Dilmurod Yusupovning nogironligi bo‘lganlar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati monitoringi haqidagi kolonkasini (rus tilida) e’lon qilgandi. Unda, xususan, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun resursning raqamli mavjudligini diqqat bilan kuzatib borish zarurligi haqida so‘z boradi.