Farg‘ona ailoyati Oltiariq tumanida qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar ushlandi, deya xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro O‘.T.ning ishonchiga kirib, unga hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytgan. Buning evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning nomiga “B” toifadagi qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.