Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 3,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ETK xodimlari o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Rishton tumanida avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasining mas’ul shaxslari o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olgan.

Shoxobcha 2,7 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.