dayjest

“Maqsadimiz — har bir xonadonga, har bir insonga yetib borish”. Prezident Toshkentdagi mahalla ahlini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” va aholi tomonidan tashkil etilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, fuqarolarni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Foto.


dayjest

Toshkentdagi Yoshlar bog‘i loyihasi qanday ko‘rinishda? (foto)

Sergeli tumanida 75 gektar maydonda 92 mln dollarli Yoshlar bog‘i qurilmoqda. U hudud jihatdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Unda xiyobonlar, amfiteatr, dam olish joylari, ekstremal sport maydonchalari va ijaraga beriladigan tomorqalar bo‘ladi. Loyihani yakunlash muddati — 2026-yil.


dayjest

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali ishga tushdi

Endi Toshkentdagi havo sifatini Air Tashkent portalida ham kuzatsa bo‘ladi. Hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxtga 10 ta havo sifatini nazorat qiluvchi stansiya o‘rnatdi (rejada yana 30 ta). Shuningdek, saytda Toshkentda bo‘lgan yong‘inlar, qozonxonalar manzili va boshqa ma’lumotlar bor.


dayjest

“O‘zbekneftgaz"ning Petroleum Technology Group`ga o‘tkazilgan “zapravka"lari qancha turardi?

Daniyar Kamilovning Petroleum Technology Group kompaniyasiga tegishli 80 ta “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarining narxi kamida 100 million dollarni tashkil qilishi mumkin (yer narxidan tashqari). Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.


dayjest

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 47-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston World Happiness Report`ning eng baxtli mamlakatlar reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, 47-o‘rinni egalladi. Mamlakat MDH davlatlari orasida eng yuqori baxt darajasiga ega. O‘zbekistonliklarning eng baxtlilari keksalar, eng baxtsizlari esa 30−44 yoshdagilardir (aksar mamlakatlarda buning teskarisi).


dayjest

Toshkent dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari yillik reytingida 22-o‘rinni egalladi

Toshkent 2023-yilda dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari reytingida 22-o‘rinni egalladi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda PM2,5`ning o‘rtacha yillik darajasi JSST tavsiyalaridan 5−7 baravar yuqori bo‘lgan.


dayjest

Hafta oxiri yog‘ingarchiliksiz va iliq o‘tishi kutilmoqda

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik kuzatilib, harorat pasaysa-da, 23−24-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida quyoshli ob-havo bo‘ladi. Harorat kunduzi +17…+20, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.


dayjest

AQShda asbestdan foydalanish taqiqlandi

AQSh hukumati saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asbest mineralidan foydalanish to‘liq taqiqlanishini e’lon qildi. Har yili mamlakatda 40 mingga yaqin odam asbest bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi.


dayjest

Logoped Dilorom Jabborovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Logoped Dilorom Jabborovaning duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringan holati o‘rganilib, usul “ilmiy asoslanmagan va pedagogika qoidalariga zid” deb topildi. Shuningdek, u aldash va odamlar ishonchini suiiste’mol qilishda ayblanib, firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi.


dayjest

AQShda asli o‘zbekistonlik erkak sobiq xotinini otib, o‘z joniga qasd qildi

AQShda asli o‘zbekistonlik erkak avval sobiq xotinini, so‘ng o‘zini otib tashladi. Ular Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari bo‘lgan. Sobiq turmush o‘rtoqlardan 10 va 12 yoshli ikki farzandi qoldi.


dayjest

Qo‘qon aeroporti 1-apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi

Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi, muntazam parvozlar esa 1-apreldan boshlanadi. Aeroport 2001-yildan beri fuqarolik samolyotlari uchun yopilgan va harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan.


dayjest

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘li aniqlandi

Qirg‘izistonning Andijon bilan chegaradosh hududida 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlandi. Yo‘laklardan tovar-moddiy boyliklarni bir davlatdan boshqa davlatga olib o‘tishda foydalanilgan.


dayjest

Xoliqjon Vines va uning sheriklari yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazgani uchun qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xoliqjon Vines taxallusi bilan tanilgan vayner Xoliqjon Samadov 7 sutkaga, uning sheriklari esa 5 sutkaga qamaldi. Ular Buxoroda avtomobilda yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazish holati tasvirlangan video tarqatgan.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−24-mart)

7 ta kinopremyera, savdo markazlari va bog‘lardagi bayram tadbirlari, bolalar uchun shoular, teatrdagi spektakllar, ko‘rgazmalar, yumoristik tadbirlar, ijodiy mahorat darslari, Navro‘z bayrami va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Boshlovchi va aktyor Olim Hojisharipov 58 yoshda vafot etdi

“Gap yo‘q. Maslahat” hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi Olim Hojisharipov xastalik sabab 58 yoshida vafot etdi.


dayjest

“Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.


dayjest

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi kaltaklagani oqibatida vafot etdi

Bo‘ka tumanida ayol qaramog‘iga topshirib ketilgan jiyanini dars tayyorlamagani uchun o‘lasi qilib kaltakladi. U jarohati sabab uch kun o‘tib shifoxonada vafot etdi. Ayol qamoqqa olingan. Qizning ota-onasi Rossiyada ekani aniqlandi.


dayjest

Davron Xidoyatov va Aleksandr Saxapov “O‘zavtosanoat” rahbari o‘rinbosarlari bo‘ldi

Davron Xidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Aleksandr Saxapov esa sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xidoyatov o‘tgan hafta 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketgandi.


dayjest

Toshkentda BMW beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Yunusobod tumanida BMW haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Prezident “Muruvvat” imkoniyati cheklangan bolalar internat uyiga tashrif buyurdi (foto, video)

Prezident Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdi. Bu yerda 299 nafar bola vasiylikka olingan, 334 nafar xodim ishlaydi. Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan suhbatlashib, ularning hayotda o‘rin topishiga sharoit va ko‘mak ko‘rsatilishiga ishontirdi.


dayjest

Prezident MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevga xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvonini berdi

Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.


dayjest

Rossiyalik sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin vafot etdi

Rossiyalik jurnalist va sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi. O‘limining dastlabki sababi sifatida o‘pka emboliyasi — o‘pka arteriyasida hosil bo‘lgan tromb ko‘rsatilmoqda.


dayjest

Nazarboyevning jiyani Samat Abish yanvardagi namoyishlar bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.


dayjest

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 21−27-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning bir qancha hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Qamchiq dovonida qor yog‘ishi mumkin.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka"larining xususiylashtirilishi masalasini o‘rganmoqda

Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi.


dayjest

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi.