19-mart, seshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyini borib ko‘rdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

мурувvaт uyi, prezident

“Muruvvat” uyi yaqinda qayta ta’minlangandi. Qo‘shimcha bino qurilib, eski binolar kapital ta’mirlandi. Yozgi sport zali, nogironlarni parvarishlash va jismoniy davolash bo‘limlari, tibbiyot va mashg‘ulot xonalari, faollar zali, kutubxona, yotoqxona va oshxona butunlay yangilandi. Har bir bo‘lim, maxsus xonalar talab darajasida jihozlandi. Harakatlanishi qiyin bolalar maxsus aravachalar bilan ta’minlandi.

Muassasada ruhiyatida sezilarli nuqsoni bor 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Bugungi kunda 299 nafar o‘g‘il-qiz vasiylikka olingan. Ularga 334 nafar xodim, jumladan, malakali pedagog, defektolog va shifokorlar yordamlashmoqda.

мурувvaт uyi, prezident

Shavkat Mirziyoyev bolalarning mashg‘ulotlarini birma-bir kuzatdi. Ular bilan suhbatlashib, mehrini izhor qildi. Sharoitlarni yaxshilab, qulayliklar yaratib, nogironligi borlarning iloji boricha hayotda o‘rin topishiga ko‘mak ko‘rsatilishini aytdi. Prezident bunda ijtimoiy xizmat xodimlari ishini e’tirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.

мурувvaт uyi, prezident

Bolalarni imkon qadar reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish, ota-onalarga psixologik yordam berish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. So‘nggi yillarda imkoniyat va tizim paydo bo‘lgani, boshqa ijtimoiy muassasalardagi sharoitlarni ham yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

мурувvaт uyi, prezident

Xabarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda “Muruvvat” uylariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 3 barobardan ziyod oshgan. Ulardagi xodimlar va o‘rinlar soni ham ko‘paytirilgan.

мурувvaт uyi, prezident

O‘tgan yili Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Pansionat, reabilitatsiya markazi kabi ko‘plab ijtimoiy muassasalar qatori “Muruvvat” uylari ham ushbu agentlik tizimiga o‘tkazildi.

мурувvaт uyi, prezident

Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanib, o‘z ishini yangi konsepsiya asosida yo‘lga qo‘yadi. Unga ko‘ra, bolalar individual rivojlanish dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi.

Shuningdek, “Qo‘llab-quvvatlash klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash, oila sharoitida tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish bo‘yicha bilimlar beradi. Alohida ta’limga tavsiya berilmagan, og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi. Barcha hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun shunday xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.

Muassasaning qozonxonasi va muhandislik tarmoqlari ham to‘liq yangilangan. Hududga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, tashqi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan, yo‘laklar asfaltlangan.