Jurnalist va sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Match TV” xabar berdi.

Baza xabariga ko‘ra, 19-mart kuni Utkin zudlik bilan Moskvadagi Pirogov kasalxonasining kardiologiya bo‘limiga olib kelingan. Shifokorlar unga o‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi tashxisini qo‘ygan.

Jurnalist sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan, biroq reanimatsiya harakatlari samarasiz bo‘lgan. O‘limning dastlabki sababi — o‘pka emboliyasi (o‘pka arteriyasida hosil bo‘lgan tromb).

Vasiliy Utkin 1972-yil 6-martda Rossiyaning Balashixa shahrida tug‘ilgan. Moskva davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. 1990-yillarning o‘rtalarida u sport sharhlovchisi va “NTV” va “NTV-Plus” telekanallarida “Futbol klubi” dasturining muallifi sifatida obro‘ qozondi.

“Match TV” va Eurosport telekanallarida ham ishlagan. 2004−2005-yillarda Utkin “Eng yaxshi sport sharhlovchisi” nominatsiyasida TEFI mukofotiga sazovor bo‘lgan.