Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida barpo etilayotgan Yoshlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, Yoshlar bog‘i poytaxt atrofida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan “yashil belbog‘”ning muhim qismi bo‘ladi.

Bog‘ning maydoni 75 gektardan oshadi, u shaharda hudud jihatdan Yangi O‘zbekiston bog‘idan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Bog‘ yettita katta hududga bo‘linadi. Markaziy xiyobonda turli maydonlar, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar barpo etiladi. Shuningdek, ekstremal sport turlari uchun maydonlar mavjud bo‘ladi.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Bog‘da ochiq havoda ovqatlanish va qiziqarli mashg‘ulotlar uchun alohida joylar bo‘ladi. Musiqiy favvoralar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, san’at ko‘rgazmalari va lazer-shou imkoniyatlari yaratiladi.

Bolalar uchun sport va o‘yin maydonlari, mashhur ertaklardagi qishloqlar, ustaxona, kutubxona tashkil etiladi. Sun’iy ko‘l, kanoe va suzish havzasi, baliq ovi dam oluvchilarga huzurbaxsh bo‘ladi.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Boqqa birinchi bosqichda ming tupdan ziyod kashtan, eman, sharq chinori, qizil kurtak, magnoliya, gujum kabi manzarali daraxtlar hamda buta va gullar ekiladi. Loyiha yakuniga qadar ularning soni 20 ming tupga yetadi.

Yana bir jihat — bog‘da tabiiylik, o‘rmon shakli, ekzotik manzara hosil qilinadi. Bog‘ foydalanishga topshirilishi bilan 350 tadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Yoshlar bog‘i kuniga 50 ming tashrif buyuruvchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Loyihaning dastlabki qiymati 92 million dollar, foydalanishga topshirish muddati — 2026-yil.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Qurilish kompaniyasi (nomi keltirilmagan) bosh muhandisi Ziyovuddin Akbarovning aytishicha, tahlillarga ko‘ra, boqqa keluvchilarning asosiy qismi Sergeli, Yashnobod va Yangihayot tumanlari aholisi hisoblanadi. Ammo u yerga shaharning boshqa joylaridan ham odamlar keladi.

“Chunki ayni vaqtda ekologik muammolar mavjud va bu hudud shaharning o‘pkasidek bo‘ladi. Ushbu loyihada bog‘dorchilik va o‘simliklarni yetishtirishning barcha yangi texnologiyalaridan foydalanamiz. Bu bog‘ni 7 qismga ajratamiz — kirish, keyin fudkortlar joylashgan markaziy qism, Pepsi hududi, faol sport turlari, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun faol sport turlari, dam olish zonasi mavjud”, — deydi u.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Turkiyalik arxitektor Shefik Iskandaro‘g‘luning aytishicha, 75 gektar maydonning 50 gektarida “Toshkent aholisining 70 foizini toza havo bilan ta’minlashga qodir” yashil zonalar tashkil etiladi.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Loyiha arxitektori, Toshkent shahrining sobiq bosh arxitektori Nuriddin Sagatovning ta’kidlashicha, bog‘ning 10 gektar maydoni tomorqa va issiqxonalar sifatida tashkil etilib, uchastkalarga bo‘linadi. Mahalliy aholi ularni ijaraga olib, u yerda gullar, ko‘chatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishi, keyin esa tashrif buyuruvchilarga ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatishi va o‘z brendi ostida mahsulotlarni sotishi mumkin bo‘ladi.

“Bu ham bog‘ni saqlash uchun tushadigan tushum, ham bog‘ odamlar bilan o‘zaro chambarchas holda ishlashi kerak. Bog‘ faqat tashrif buyuruvchilar uchun bo‘lmasligi kerak, bog‘ aholi, odamlar bilan yagona organizm bo‘lib yashashi kerak”, — dedi u.

ёшлар bog‘i, тошкент, yashil hududлар

Unga ko‘ra, kiraverishda 1000 ta daraxtdan iborat xiyobon, shuningdek, chinorlar xiyoboni va gul bog‘i tashrif buyuruvchilarni kutib oladi. Markaziy qismda ochiq amfiteatr tashkil etiladi va uning atrofida 7 ta iqlim zonasiga bo‘lingan daraxtlar ekiladi.

Umuman olganda, O‘zbekistonda 347 gektar maydonda yashil hudud, shuningdek, vazirlik va hokimliklarning 187 ta istirohat bog‘lari tashkil etilgan.