Toshkent shahri Yunusobod tumanida BMW avtomashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi, deya xabar qildi shahar YHXB.

Xususan, 2024-yil 20-mart kuni soat 03:00 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 7-SHKSHB qarshisida BMW rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Yo‘l transport hodisa oqibatida avtoulov haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tarmoqlarda hodisa aks etgan video tarqaldi. Unda avtomobil to‘siqqa urilganidan so‘ng bir necha bor aylanib ketganini ko‘rish mumkin.