O‘zbekiston Markaziy banki 1-iyuldan boshlab aholiga uy-joy va avtomobil sotib olish uchun kreditlar berish talablarini kuchaytiradi, bu haqda regulyatorning 28-fevraldagi qarorida qayd etilgan.

Hujjat bilan Markaziy bankning 2015-yilda qabul qilingan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomiga o‘zgartirishlar kiritilib, bank o‘z zimmasiga olgan tavakkalchiliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplashi kerak bo‘lgan kapital talablarini belgilaydi.

1-apreldan boshlab kamida olti oy davomida hisobvaraq (karta) bo‘yicha doimiy daromadi va aylanmasiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki kichik biznes subyektlariga beriladigan kreditlarga 75 foiz miqdorida kredit riski belgilanadi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida beriladigan imtiyozli kreditlar bundan mustasno.

1-iyuldan boshlab qarz yuki ko‘rsatgichi (QYUK) 60 foizdan past bo‘lgan jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha kredit riski 100 foizni tashkil etadi. Agar QYUK yuqoriroq bo‘lsa, xavf darajasi 150 foizgacha oshiriladi.

O‘zgartirishlar ipoteka kreditlari, avtomashinalar sotib olish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ta’lim dasturlari uchun beriladigan kreditlarga ta’sir qilmaydi.

автоkredit, ipoteka kreditи, kredit, марказий bank

Endilikda avtokreditlar va ipoteka kreditlarini berishda tavakkalchilik darajasi kredit va garov summalarining (garov shartnomasi bo‘yicha avtomobil narxi) qarz yuki ko‘rsatkichiga nisbati asosida aniqlanadi.

Misol uchun, agar kvartiraning narxi shartli ravishda 100 million so‘m bo‘lsa va dastlabki to‘lov 20 million so‘m bo‘lsa, qarz oluvchi 80 million so‘m ipoteka kreditini olishi kerak, bunda nisbati (LTV, loan-to-value — kredit summasini garov summasiga nisbatining maksimal chegarasi) 80 foiz bo‘ladi.

Aholining qarz yuki o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi.

Natijada kredit/garov nisbati va qarz yuki ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Regulyator avtomobil kreditlari uchun kredit/garov nisbatini 75 foizgacha cheklaydi.

Avtomobil kreditlarida eng past xavf darajasi (100 foizlik) qarzdorlik darajasi 60 foizdan past bo‘lgan va LTV koeffitsiyenti 75 foizdan kam bo‘lgan qarz oluvchilarga beriladi. Ushbu qiymatlar oshgani sayin, kredit xavfi ham ortadi.

Ipoteka kreditlari uchun kengaytirilgan kredit riskini baholash shkalasi qo‘llaniladi. Agar kredit/garov nisbati 50 foizdan kam bo‘lsa va qarz yuki 60 foizdan kam bo‘lsa, xavf 35 foizni tashkil qiladi. Ushbu ikki qiymatning oshishi bilan kredit xavfi ham ortadi.

1-iyuldan boshlab qarz yuki indikatori joriy etilishi munosabati bilan aholiga kredit berish talablari kuchaytirilishi haqida avvalroq yozgan edik. Agar qarz oluvchi o‘z daromadining 60 foizini qarzni to‘lash uchun ishlatsa (ba’zi istisnolar mavjud) banklar kredit berishdan bosh tortishlari kerak. 2025-yil 1-yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.