Poytaxtning yashilligi — 26,8%. Avval aytilgan 3% ko‘rsatkich xatoligi ma’lum qilindi

Toshkent shahrining yashil maydoni (butalar va maysalar ham kiritiladi) qariyb 30%ni (hokimiyat o‘lchovi bo‘yicha — 26,84%) tashkil etadi. 3 foizlik ko‘rsatkichni O‘zgidromet vakili texnik xato tufayli e’lon qildi, deyiladi markaz xabarida. Hokimiyat yashillik ko‘rsatkichi qanday aniqlanishini tushuntirdi.

O‘zbekistondagi qurilishlar sabab havoning ifloslanishi biz uchun muammo — O‘zgidromet

O‘zgidromet rahbarining birinchi o‘rinbosarining fikricha, qurilishlar sabab O‘zbekistonda havo ifloslanishi muammolardan biriga aylanib bormoqda. «Qurilishlar baribir bir kun to‘xtaydi. Mutaxassis sifatida aytaman, 5−10 yildan keyin shahar havosi yaxshi bo‘ladi», — dedi Ibratjon Karimov.

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 15 kunga uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirildi. Xuddi shuningdek, Rossiya fuqarolarining O‘zbekiston hududida registratsiyasiz bo‘lib turish muddati 3 kundan 15 kunga uzaydi.

Andijon shahar hokimi ortidan viloyat XTB boshlig‘i ham hibsga olindi

Andijon viloyati XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi tariqasida hibsga olindi. Seshanba kuni Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov protsessual tartibda ushlangani ma’lum bo‘lgandi.

Sayyohdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi

Sud rossiyalik sayyohning dronini davlat foydasiga musodara qilish va O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshirish haqida qaror chiqardi. Uskunaning narxi 2000 dollarga baholanmoqda.

Urganchda haydovchi odamlar ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketildi

Urganchda kunduzi gavjum ko‘chada avtomobil haydovchisi shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi. Bir kishi qasddan odam o‘ldirishda, yana biri bezorilikda ayblanib hibsga olindi, bezorilikda ayblangan yana olti nafar shaxs tilxat asosida ozod qilindi.

Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi

Avstriyaning «UniCredit Bank Austria AG» banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirish uchun 7,9 mln yevro ajratdi. Ushbu imtiyozli mablag‘lar «Bauer GmbH» kompaniyasining yomg‘irli sug‘orish uchun innovatsion texnologiyalarini xarid qilishga sarflanadi.

Sanoat zonalari rejaga muvofiq gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

2022 yilda erkin iqtisodiy va sanoat zonalariga elektr, gaz va suv kommunikatsiyalarini o‘tkazish dasturi tasdiqlandi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, ularning uchdan birida elektr, gaz, suv va kanalizatsiya yo‘qligini tanqid qilgandi.

Orolbo‘yi arxitektor va quruvchilari ekologik loyihalash bo‘yicha o‘qitiladi

BMTTD, Islom taraqqiyot banki va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Orolbo‘yida yangi loyihani ishga tushirdi — arxitektura-loyiha institutlari hamda hududiy arxitektura va qurilish boshqarmalari vakillari ekologik toza muhandislik loyihalari va bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘qitiladi.

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.

Wizz Air loukasterining sho‘’ba korxonasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirmoqchi

Wizz Air Abu Dhabi loukasteri O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi. Kuzda aviakompaniya mamlakatning ikki shahriga to‘rtta reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Import oziq-ovqatlar o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda — Bosh prokuratura

Import oziq-ovqatlar, jumladan kartoshka, go‘sht, yog‘, un va shakar «birinchi qo‘l» tamoyili asosida o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda, dedi Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i Dilshod Rahimov. Yil boshidan beri narxlarni manipulyatsiya qilgan 187 nafar shaxsga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yil boshidan buyon 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlandi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon Suriyadagi «Islom davlati» va «Tavxid va jihod katibasi» terrorchilik tashkilotlarga aloqador 4 ta yashirin, 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ular faoliyatiga chek qo‘yildi.

Samarqanddagi yong‘inda 16 ta do‘konda zarar yetgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati FVB Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yuz bergan yong‘in oqibatida jami 16 ta do‘konning 240 kv.m. maydoniga zarar yetganini ma’lum qildi. Avvalroq, uchta do‘konning shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlangani aytilgandi.

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga 55 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi To‘rtko‘l tumanidan o‘tgan avtomagistralda yonib ketdi. Voqea tunda sodir bo‘lgan, taxminan yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchilar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka sertifikati 5 yilga beriladi. Sertifikat DXM va YAIDXP orqali taqdim etiladi, buning uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Ukrainadagi urush fonida O‘zbekiston tashqi savdosi qanday o‘zgardi?

Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, mart-aprel holatiga O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sdi. «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu tendensiya kelgusi oylarda o‘zgarishi mumkin.