Olimpiya terma jamoasining parad formasi va ekipirovkasi: ishlab chiqaruvchilar haqida nimalar ma’lum?

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 7SABER (grafik belgi Otabek Umarov tomonidan yaratilgan) brendi ostidagi ekipirovka va sport kiyimida qatnashmoqda, O‘yinlar ochilish marosimi uchun parad formasini esa Ideal brendi tayyorladi. “Gazeta.uz” forma qay tarzda tanlangani va ishlab chiqaruvchilar haqida ma’lumot to‘pladi.

Toshkentdagi har bir mahalladan bir kishi “Jamoatchi ekologiya noziri” bo‘ladi — Ekoqo‘mita

Poytaxtda sinov tariqasida har bir mahalladan bir kishiga “Jamoatchi ekologiya noziri” guvohnomasi beriladi. Ular Davlat ekologiya qo‘mitasida o‘qitiladi va avgust oyi o‘rtasidan hududlarda daraxtlarni noqonuniy kesilishini oldini olish, atrof-muhitga zarar yetmazmaslik bo‘yicha ish olib boradi.

“Jamiyat puliga binolar qurib, „bu bizga foyda keltiradi“, deb o‘ylaymiz”. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “kargo-kult” g‘oyasi haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistonda zavodlar, mehmonxonalar va turli tijoriy binolar qurilishini “kargo-kult” g‘oyasi bilan tushuntirdi. “Chet elda shunaqa banklar, binolar borligini bilamiz. Biz ham shunday qilsak boyib ketamiz, deb o‘ylaymiz. Zavod bo‘lsa pul bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Pul — pulchalik turishi kerak”, — deya ta’kidladi u.

Navbatdagi antirekord: bir kunda 789 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonda 789 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekiston 29 iyul kuni 3 mln doza Moderna vaksinasini qabul qiladi

AQShdan O‘zbekistonga 29 iyul kuni koronavirusga qarshi 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Preparat AQSh tomonidan COVAX dasturi doirasida ajratilmoqda.

Javlon Vahobov O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov endi bir vaqtning o‘zida Braziliyadagi elchi vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, u O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi vazifasida ham faoliyat olib boradi.

Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi

Prezident qarori bilan 35 ta Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Ularda o‘tkir qon-tomir kasalliklari bo‘yicha shoshilinch yordam hamda buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmati ko‘rsatiladi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari jaziramada ochiq osmon ostida o‘tkazildi

Ayrim hududlarda prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlandi. 5 va 6-sinflarga qabul sinovlari ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tdi. FVV ushbu kunlarda anomal jazirama haqida ogohlantirgan edi. Vaziyatga bolalar ombudsmani izoh berib, nima uchun imtihonlarni boshqa kunlarga ko‘chirish imkoni bo‘lmagani ma’lum qildi.

UzAuto Motors navbat o‘rinlarini “sotayotganlar” bilan kurashishning yangi usulini ishlab chiqdi

UzAuto Motors Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi bilan avtomashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ma’lumotlar bazasini sinxronlashtirmoqda. Bu avtomobillarni xarid qilish va sotishdagi noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi shaxslar o‘z navbatini pullash maqsadida mashina sotib olish bo‘yicha 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarini tuzgan.

Vaksinadan bosh tortganlar ishdan chetlatilishi mumkin

Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullagan qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda aholining ayrim qatlamlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash hamda vaksina olmagan xodimni ishdan chetlatish mumkin bo‘ladi. Quyi palata vakillari ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishga yordam berishiga ishonmoqda. Qonun loyihasi Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tokio-2020: O‘zbekiston musobaqaning to‘rtinchi kunini ham medalsiz yakunladi

Tokiodagi Olimpiadaning to‘rtinchi kunida dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev kuchli sakkizlikdan joy olgan bo‘lsa, bokschi Bobousmon Baturov o‘zining dastlabki jangini g‘alaba bilan boshladi. Bugungi kun ham O‘zbekiston uchun medalsiz bo‘ldi.

OTMlarga kirish imtihonlari 5 avgustdan boshlanadi. Savollar soni qisqartirildi

OTMlarga kirish test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Shuningdek, test savollari qisqartirilib, majburiy fanlardan ular 10 tadan bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi soni 34,86 million kishiga yetdi

Yarim yil ichida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 301,3 ming kishiga yoki 0,9 foizga oshib, 34,86 mln nafarga yetdi. Tug‘ilish va o‘lim darajasi 2020 yilning birinchi yarmiga nisbatan qariyb 7 foizga o‘sgan.

Doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketganlar soni keskin oshdi

2021 yilning birinchi yarmida doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketganlar soni 10 ming nafardan oshdi. Bu 2020 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,5 barobarga, 2019 yilning dastlabki olti oyiga nisbatan 2,2 barobarga ko‘p demakdir.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Kvartiralar, Tesla va Rolex: dunyo mamlakatlari vaksina olganlarni qanday rag‘batlantirmoqda?

Dunyoning bir nechta mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ko‘proq fuqarolarni jalb qilish uchun targ‘ibot ishlaridan tashqari, mukofot pullari, sovg‘a kartalari va ta’tillar joriy etilgan. Bundan tashqari, faqatgina vaksina olganlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan katta yutuqli lotereyalar tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksina olganlarga taklif qilinayotgan “bonus"lar haqida.