Toshkent shahrida sinov tarikasida har bir mahalladan (jami 524 ta mahalla) bir kishiga «Jamoatchi ekologiya noziri» guvohnomasi berish tajribasi keng ommalashtiriladi.

Bu hakda 26 iyul kuni poytaxtimizning Sergeli tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov ma’lum qildi.

Jamoatchi nozirlar hududda daraxtlar noqonuniy kesilishining oldini olish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlab ketish, turli tashkilotlar tomonidan oqar suv yoki atmosferaga zararli moddalar tashlanmasligi bo‘yicha ekologiya inspektorlari bilan birgalikda ish olib boradi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, jamoatchi nozirlar avgust oyining ikkinchi yarmidan faoliyat boshlaydi.

Ungacha nomzodlar Davlat ekologiya qo‘mitasining soha xodimlarini qayta tayyorlash markazida o‘qitilib, tizimning o‘ziga xosliklariga oid bilimlari oshiriladi.