O‘zbekistonda 26 iyul kuni pandemiya boshidan beri antirekord yanglilandi — 789 kishi koronavirusga chalindi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 125 784 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.


26 iyul kuni 871 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 120 320 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi antirekord 23 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, unda 773 kishida koronavirus aniqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.