Pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021−2022-o‘quv yili qabulida OTMlarga kirish test sinovlari 2021 yil 5-avgustdan boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

Bundan tashqari, test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi. Majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha savollar o‘ntadan bo‘ladi. Har bir savolga 2,1 balldan beriladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha 20 tadan savol bo‘ladi va 3,15 balldan beriladi.

Umumiy holda, 2021−2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.