Yandex dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun texnologiyalardan, jumladan, sun’iy intellekt va mashinaviy ta’limni o‘rganishga bag‘ishlangan turkum ma’ruzalardan foydalanish imkonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Ma’ruzalar o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, maktab o‘quvchilarining bilim darajasiga moslashtirilgan.

To‘plamda quyidagi ma’ruzalar mavjud:

  • Nogironligi bo‘lgan fuqarolar ilovadan qanday foydalanishlari mumkin? (Valeriya Kurmak, Yandex kompaniyasining inklyuziya yo‘nalishi rahbari);
  • AI ijtimoiy va ekologik loyihalarda qanday yordam beradi? (Anna Lemyakina, Yandex Cloud milliy va strategik loyihalar direktori);
  • Yandex Taxi buyurtmalarni qanday tarqatadi va qanday texnologiyalar sayohatlarni xavfsizroq qiladi? (Anna Kozlinskaya, Yandex Taxi kompaniyasining ML-rivojlantirish guruhi rahbari);
  • Jamoada samarali muhitni qanday yaratish mumkin? (Darya Zolotuxina, Yandex`ning HR direktori).

“Yandex mavjud bo‘lgan har bir mamlakatda biz ta’limga sarmoya kiritamiz va maktabdan boshlab IT`ga qiziqishni rivojlantiramiz. Bu sohaga kirib kelayotgan mutaxassislarning kelajak avlodlari uchun uzoq muddatli sarmoyadir”, — deydi Darya Zolotuxina.

Birinchi turkum ma’ruzalar O‘zbekistonda Yandex, Tech4impact nodavlat-notijorat tashkiloti va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan Technovation Girls xalqaro STEM va qizlarga mo‘ljallangan dastur ishtirokchilari uchun o‘tkazildi.

Ma’ruzalarni Technovation Uzbekistan loyihasining YouTube kanalida topish mumkin.