Texnologiyalar

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi
23 iyul 2020, 11:21

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi

Massachusets texnologiya instituti muhandislari qayta ishlatish mumkin bo‘lgan, arzon va N95 respiratori bilan bir xil himoya qiladigan silikon niqob ishlab chiqishdi.

20 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari internetda ochiqlandi
20 iyul 2020, 14:24

20 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari internetda ochiqlandi

Internetda 20 mln bepul VPN xizmatlari foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlandi. Himoyalanmagan serverda foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, shifrlangmagan parollari, IP va uy manzillari, smartfon modellari va aloqa vositalarining identifikatorlari mavjud.

Twitter`dagi mashhur shaxslar akkauntlariga hujum uyushtirildi
16 iyul 2020, 12:56

Twitter`dagi mashhur shaxslar akkauntlariga hujum uyushtirildi

Twitter ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar tomonidan hujum uyushtirilib, Ilon Mask, Bill Geyts, Barak Obama va boshqa mashhur shaxslar sahifalari orqali bitkoin bo‘yicha yolg‘on xabarlar tarqatildi. Xabarlar sayt administratsiyasi tomonidan o‘chirildi.

6G texnologiyasi 2028 yilda paydo bo‘lishi mumkin — Samsung
15 iyul 2020, 10:26

6G texnologiyasi 2028 yilda paydo bo‘lishi mumkin — Samsung

Samsung kompaniyasi 6G aloqa texnologiyasi 2028 yilda paydo bo‘lishi va 2030 yilga kelib ommalashishini taxmin qilmoqda. Yangi aloqa texnologiyasining maksimal tezligi — 1 000 Gigabit/s gacha chiqishi mumkin.

O‘zbekiston elektron hukumatlar reytingida 87-o‘rinni egalladi
14 iyul 2020, 22:09

O‘zbekiston elektron hukumatlar reytingida 87-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 o‘ringa pastladi va 193 mamlakat orasida 87-o‘rinni egalladi.

DYHXX jarima maydonlari bo‘yicha onlayn tizimni ishga tushirdi
6 iyul 2020, 17:10

DYHXX jarima maydonlari bo‘yicha onlayn tizimni ishga tushirdi

Toshkentda avtomashinalarni jarima maydonidan chiqarish uchun onlayn tizim sinov tariqasida ishga tushirildi. Endi dyhxx.uz sayti orqali qoidabuzarlik to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni topish, hujjatlarni taqdim etish va jarimani to‘lash mumkin.

Microsoft kompaniyasi 25 million kishiga mo‘ljallangan bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi
2 iyul 2020, 17:00

Microsoft kompaniyasi 25 million kishiga mo‘ljallangan bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi

Microsoft kompaniyasi LinkedIn Learning, Microsoft Learn va GitHub Learning Lab platformalarining o‘quv materiallarini bepul taqdim etdi. Ushbu loyiha bilan 2020 yil oxirigacha 25 mln kishiga yangi kasbni o‘zlashtirishda yordam berish rejalashtirilgan. O‘quv kurslari 2021 yil mart oyining oxirigacha bepul bo‘ladi.

Telegram desktop beta-versiyasida multiakkaunt paydo bo‘ldi
2 iyul 2020, 13:41

Telegram desktop beta-versiyasida multiakkaunt paydo bo‘ldi

Telegram messenjerining desktop beta-versiyasida endi uchtagacha akkaunt qo‘shish mumkin. Avval bu funksiya faqat smartfonlarda mavjud edi.

Elektron raqamli imzo olish. Qo‘llanma
1 iyul 2020, 14:38

Elektron raqamli imzo olish. Qo‘llanma

Elektron raqamli imzoni (ERI) endilikda Davlat xizmatlari agentligi idorasiga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda olish mumkin. «Gazeta.uz» elektron imzoni onlayn olish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

Microsoft va Google eng qimmat brendlar uchligida o‘rin almashishdi
1 iyul 2020, 13:15

Microsoft va Google eng qimmat brendlar uchligida o‘rin almashishdi

Microsoft Googleni eng qimmat brendlar uchligidan chiqarib tashladi. Microsoft 326 mlrd dollarga, Google esa 323 mlrd dollarga baholandi. Amazon yana birinchi o‘rinda. TikTok brendi deyarli 17 mlrd dollarga baholanib, Uber va Adidas kabi kompaniyalardan qimmatroq bo‘ldi.

Toshkentda elektromobillar asosida taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi
30 iyun 2020, 16:38

Toshkentda elektromobillar asosida taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda elektromobillarda taksi xizmatlari ko‘rsatiladi. Buning uchun Xitoydan 500 dona elektromobil xarid qilindi. Ular bir martalik quvvat bilan shahar ichida 419 km, katta trassada 540 km masofani bosib o‘tadi.

Boykot sababli Facebook rahbari Sukerberg $7 mlrd yo‘qotdi
29 iyun 2020, 14:40

Boykot sababli Facebook rahbari Sukerberg $7 mlrd yo‘qotdi

Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi. Mark Sukerberg esa 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.

Telegram messenjerining sinov versiyasida videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi
24 iyun 2020, 18:43

Telegram messenjerining sinov versiyasida videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi

Telegram iOS tizimi uchun sinov versiyasida videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” bu funksiyani sinab ko‘rdi.

Ko‘plab Telegram foydalanuvchilari xaqidagi ma’lumotlar internetga yuklandi
24 iyun 2020, 16:40

Ko‘plab Telegram foydalanuvchilari xaqidagi ma’lumotlar internetga yuklandi

Darknetdagi forumlardan birida bir necha million Telegram foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar bazasi joylashtirilgan. Bazadagi ma’lumotlar telefon raqamlar va nikneymlar ko‘rinishida bo‘lgan. “Gazeta.uz” ushbu ma’lumotlar bazasini tekshirganda, unda 50 mingdan ortiq O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari mavjudligini aniqladi.

Apple onlayn anjumanida nimalar taqdim etildi
24 iyun 2020, 10:12

Apple onlayn anjumanida nimalar taqdim etildi

Ilk bor onlayn tarzda o‘tkazilgan Apple kompaniyasining WWDC anjumanida yangi iOS 14 operatsion tizimi, Mac kompyuterlarining yangi protsessorlari, Big Sur operatsion tizimi va boshqa yangiliklar taqdim etildi. Endilikda Mac kompyuterlari uchun Apple ishlab chiqargan protsessorlardan foydalanilishi va Intel protsessorlaridan voz kechilgani ma’lum qilindi.

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi
18 iyun 2020, 18:34

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi

Rossiya hududida 2018 yildan buyon rasman taqiqda bo‘lgan Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi. Roskomnadzor messenjer asoschisining terrorizm va ekstremizga qarshi kurashga tayyorligini ijobiy baholadi.

Instruksiya: O‘qishga onlayn hujjat topshirish
17 iyun 2020, 13:45 16

Instruksiya: O‘qishga onlayn hujjat topshirish

Abituriyentlar OTMlarga hujjatlarni onlayn topshirishi bo‘yicha “Gazeta.uz” qo‘llanmasi.

Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yinlar konsolini namoyish etdi
12 iyun 2020, 18:38

Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yinlar konsolini namoyish etdi

Future of Gaming onlayn-taqdimotida Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yin konsolini taqdim etdi. Yangi konsol Dualsense o‘yin qurilmasi (geympad), pult, quloqchin, kamera va geympadlar uchun dok-stansiyaga ega. Shu bilan birga, kompaniya yangi o‘yinlar treylerini ham namoyish etdi.

Telegram messenjerida maxfiylik va xavfsizlikni sozlash
11 iyun 2020, 12:00

Telegram messenjerida maxfiylik va xavfsizlikni sozlash

Telegram messenjerida yozishmalar maxfiyligi va profil xavfsizligi sozlamalarini o‘rnatish bo‘yicha “Gazeta.uz” qo‘llanmasi.

Huawei haroratni o‘lchay oladigan smartfon taqdim etdi
9 iyun 2020, 18:44

Huawei haroratni o‘lchay oladigan smartfon taqdim etdi

Huawei kompaniyasi tana haroratini o‘lchash imkoniyatiga ega Honor Play 4 Pro smartfonini taqdim etdi. Smartfon kamerasiga infraqizil o‘lchagich o‘rnatilgan bo‘lib, u -20 dan 100 darajagacha bo‘lgan haroratni o‘lchay oladi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting