Xalqaro elektraloqa ittifoqi kelgusi yilda 6G konsepsiyasini aniqlash ishlarini boshlashi kerak, deyiladi Samsung hisobotda.

Janubiy Koreya kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra har bir yangi avlod texnologiyasining prinsip va texnik standartlarini ishlab chiqishga ketadigan vaqt qisqartiriladi. 3G texnologiyasini rivojlantirish uchun 15 yil vaqt kerak bo‘lgan bo‘lsa, 5G uchun — 8 yil. Samsung ta’kidlashicha, 6G uchun yanada kamroq vaqt sarflanadi.

Samsung ta’kidlashicha, yangi aloqa texnologiyasining maksimal tezligi — 1 000 Gigabit/s gacha chiqishi mumkin.

6G ning asosiy foydalanuvchilari ham odamlar, ham mashinalar bo‘ladi. Bu texnologiya immersiv to‘ldirilgan reallik (XR), yuqori sifatli mobil gologramma va raqamli replikatsiya kabi xizmatlarni amalga oshirishda yordam berishi ham kutilmoqda. 6G ning arxitektura talablari mobil qurilmalarning cheklangan hisoblash imkoniyatlari muammosini hal qilishda yordam beradi. Shuningdek, texnologiya rivojlanishining dastlabki bosqichi sun’iy intellektni qo‘llash va yangi tarmoq ob’ektlarining integratsiyasini ham o‘z ichiga oladi.

“5G texnologiyasi tijoratlashuvi hali boshlang‘ich bosqichda, ammo 6G ga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish mumkin, chunki odatda tadqiqot boshlanishindan keyingi avlod texnologiyasini tijoratlashtirishgacha 10 yil atrofida vaqt kerak bo‘ladi. Biz, aloqa texnologiyalarining bir necha avlodlari va, shu jumladan, 5G bilan ishlash tajribasiga tayangan holda, 6G texnologiyasini tadqiq qilish va uning ustida ishlashni boshlaganmiz. Kelgusida sanoat, ilm-fan va hukumatning turli manfaatdor tomonlari bilan hamkorlikda 6G texnologiyasini standartlashtirishga e’tibor qaratamiz”, — dedi Sungxyun Choy, kompaniya aloqalar markazi rahbari.