Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerda guruhli videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lishi haqida aytib o‘tgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan messenjerning iOS uchun sinov (beta-versiya) versiyasida videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi.

Videoqo‘ng‘iroqlar Telegram messenjerining iOS 6.3 beta-versiyasida bor. Videoqo‘ng‘iroq amalga oshirish uchun suhbatdoshda ham ushbu beta-versiya o‘rnatilib, eksperimental funksiyalar yoqilgan bo‘lishi kerak.

Hozirda sinab ko‘ruvchilar guruhi to‘lganligi sababli beta-versiyani yuklab olishning imkoni yo‘q. Beta-test Apple kompaniyasiga tegishli bo‘lgan TestFlight platformasida o‘tkazilmoqda.

“Gazeta.uz” muharrirlari ushbu beta-versiyani o‘rnatib, videoqo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazishdi. Sinov davomida video va ovoz sifati yaxshi bo‘ldi.


Videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini yoqish va uning namoyishi. Video: Beta Info Telegram-kanali.