Microsoft Googleni ortda qoldirib eng qimmat brendlar uchligidan o‘rin oldi. Microsoft 326 mlrd dollarga, Google esa 323 mlrd dollarga baholandi. Amazon brendining narxi $415,9 mlrd gacha ko‘tarilib, kompaniya yana birinchi o‘rindan joy oldi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Amazon BrandZ Top 100 dunyoning eng qimmat brendlari reytingida yana birinchi o‘rinni egalladi. Brendning narxi bir yil ichida uchdan bir qismga oshib, 415,9 mlrd dollargacha ko‘tarilgan.

Ikkinchi o‘rinni 352,2 mlrd dollarga baholangan Apple brendi egallagan. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda Microsoft (326,5 mlrd dollar) va Google (323,6 mlrd dollar) brendlari turibdi. Analitiklar buni ommaviy karantin davrida uydan turib faoliyat olib borishda Microsoft Teams hamkorlik dasturlariga talabning o‘sishi bilan izohlamoqdalar.

Beshinchi o‘rinda Visa (186,8 mlrd dollar), oltinchi o‘rinda Alibaba (152,5 mlrd dollar) kompaniyalari turishibdi. Alibaba brendi qiymati yil davomida 16 foizga o‘sgan.

“Raqamli qurilmalar yordamida insonlarga hayotga moslashish va qulaylikka erishish uchun imkoniyat yaratgan brendlarning narxlari oshgan yoki hech bo‘lmaganda o‘z toifalarida yetakchilikka erishishgan”, — deyiladi hisobotda.

TikTok, Xitoyning qisqa videolar yaratish ilovasi, BrandZ Top 100 da yangi paydo bo‘lganlar orasida eng yuqori pog‘onani egalladi. Brend 16,9 mlrd dollarga baholanmoqda, va bu KFC, Uber va Adidasga qaraganda balandroq.

100 ta brendning umumiy qiymati 5 trln dollarga yetadi. Bu esa 2019 yilga nisbatan 5,9% ga ko‘proq.