Telegram desktop messenjerining 6.3 beta-versiyasida multiakkaunt — bir ilovada uchtagacha shaxsiy profil ishlatish imkoni paydo bo‘ldi. Avval bu funksiya faqatgina mobil qurilmalar uchun mavjud edi.

Telegram desktop — Telegram messenjerining kompyuterlarda ishlash uchun moslashgan versiyasi.

Beta-versiyani Telegram desktop ning barcha foydalanuvchilari sinovdan o‘tkazib ko‘rishlari mumkin. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirsa bo‘ladi.

Rasmiy saytdan beta-versiyani yuklab olish. Kompyuter uchun beta-versiya messenjerning rasmiy saytida joylashgan va uni istalgan kishi yuklab olishi mumkin.

Beta-versiya joylashgan Telegram messenjerining rasmiy veb-sayti.

O‘rnatilgan Telegram Desktop ilovasi orqali yangilash. Xohlovchilar beta-versiyani alohida yuklab olmasdan ilova ichida o‘rnatishlari mumkin. Buning uchun “Nastroyki” (“Sozlamalar”) — “Prodvinutыye nastroyki” (“Chuqur sozlamalar”) — “Versiya i obnovleniya” (“Versiyalar va yangilanishlar”) — “Ustanavlivat beta-versii” (“Beta-versiyalarni o‘rnatish”) funksiyasini yoqish kerak. Keyin ilova avtomatik tarzda yangilanadi.

Telegram desktop beta multiakkaunt namunasi.