Massachusets texnologiya instituti (MIT) muhandislari yangi turdagi yuz niqoblarini yaratishdi, deya xabar beradi Forbes Russia.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ular viruslardan N95 respiratorlari kabi himoya qila oladi. Va shu o‘rinda yangi turdagi niqobni oson sterilizatsiya qilish va ko‘p marotaba ishlatish mumkin.

Foto: MIT Twitter

MIT ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sabab, AQSHda N95 respiratorlariga talab, birinchi o‘rinda, shifokorlar tomonidan yuqori bo‘lmoqda. Ushbu niqob silikondan tayyorlangan bo‘lib, uni butun dunyo fabrikalari ishlab chiqarish mumkin. Niqob bardoshli va suyuq holatida har qanday shaklni olishi mumkin.

N95 bilan taqqoslanganda, ikki niqobda bir xil filtr qo‘llaniladi, faqat silikon niqoblar kamroq materiallar talab qiladi. Filtrlarni har foydalanishdan keyin almashtirish kerak, ammo niqobni o‘zini sterilizatsiya qilib, qayta ishlatish mumkin.

MIT xabar berishicha, aslida shifokorlar va hamshiralar har bir bemordan keyin N95 respiratorlarini almashtirishi kerak, ammo niqoblar yetishmasligi sababli, hamshiralar ularni belgilanganidan ko‘ra ko‘proq ishlatishadi. Ba’zi shifoxonalar respiratorlarni sterilizatsiya qilishadi — bu protsedura bitta niqob bilan 20 martagacha bajarilishi mumkin, ammo buning uchun, hamma joyda mavjud bo‘lmagan, maxsus uskunalar kerak.

«Talabni qondirish uchun biz oson kengaytirilishi mumkin bo‘lgan variantlar bilan cheklanishimiz kerak edi. Shuningdek, biz niqoblarni imkon qadar ko‘p ishlatilishini va sterilizatsiya qilinishini istadik», — deydi MIT dotsenti Jovanni Traverso. Endi jamoa tibbiy mutaxassislarning fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda niqobning ikkinchi versiyasi ustida ishlamoqda.

Muhandislar ishlab chiqarishni boshlash, FDA hamda Kasbiy xavfsizlik va sog‘liqni saqlash milliy institutini roziligini olish uchun uchun kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazadilar.