22 iyun kuni Apple kompaniyasi ilk bor WWDC anjumanini onlayn tarzda o‘tkazdi. Kompaniya o‘zining qurilmalari uchun yangi operatsion tizimlari, Intel kompaniyasi bilan protsessorlar borasida aloqa uzilishi, macOS Big Sur operatsion tizimi va boshqa o‘zgarishlarni taqdim etdi.

iOS 14

WWDC 2020 anjumanida Apple iOS 14 operatsion tizimini taqdim etdi: unda vijetlar paydo bo‘ldi va yangi asosiy sahifa (homescreen) o‘rnatildi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z operatsion tizimini iOS14 ga hoziroq yangilashi mumkin, beta-versiya (sinov versiya) — iyulda chiqadigan bo‘lsa, yangi tizimni barcha foydalanuvchilar kuz faslida o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu operatsion tizim iPhone 6S modelidan boshlab barcha keyingi qurilmalarga o‘rnatilishi mumkin.


Ilovalar endi vijetlarni qo‘llab-quvvatlaydi — ularni menyudagi ilovalar o‘rtasiga joylashtirish, o‘zgartirish va sozlash mumkin. Vijetlar maxsus katalogdan tanlanishi yoki chap menyuda joylashgan ilovalar bilan ekranga joylashtirilishi mumkin. Shuningdek vijetlar avtomatik tarzda joylashishi mumkin: shunda ular sana, geolokatsiya yoki harakatlarga asoslanib eng kerakli vijetlar yuqorida ko‘rsatiladi.

Apple anjumanida App Clip — ilovalarni to‘liq ochish uchun vaqt sarflamasdan, ularni soddalashtirilgan versiyasini bir zumda ochish imkonini beradigan funksiyani taqdim etdi. App Clip ni kodlar orqali ishga tushirish, NFC yoki QR ni ishlatish, hamda xabarlar va Safari brauzeri orqali yuborish mumkin bo‘ladi.

Siri ovozli assistenti endi smartfon ekranini butunlay emas, uning kichik qismini egallaydi. Shuningdek u orqali ovozli xabarlar ham jo‘natish mumkin.

Apple Maps kartografik ilovasida yangi detallar, qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar va turistlar uchun mahalliy aholidan maslahatlar qoldirish imkoni ham qo‘shildi. Balandliklar va boshqa cheklovlarni inobatga olgan holda velomarshrutlar belgilash mumkin. Elektromobillar uchun quvvatlanish nuqtalari ham endilikda xaritada belgilanadi.

Reklama siyosatiga ham yangilik kiritildi: endilikda reklama effektini nazorat qilishdan oldin foydalanuvchidan ruxsat so‘raladi. Shuningdek, foydalanuvchilar geolokatsiyasini taxminiy ko‘rsatilishini belgilay oladi, avval ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchining aniq joylashuvini ko‘rishlari mumkin edi, endilikda bu foydalanuvchining ixtiyoriga bog‘liq.

macOS Big Sur

Apple kompaniyasi WWDC anjumanida macOS operatsion tizimining Big Sur versiyasini taqdim etdi. Barcha ilovalarning piktogrammalari qayta ishlandi, boshqaruv markazi to‘liq yangilandi, xabarnomada ko‘proq interfaol bildirishnomalar va turli o‘lchamdagi vijetlar ko‘rsatilishi mumkin.

Apple ta’kidlashicha, Safari brauzeri Google Chrome brauzeriga qaraganda 50% tezroq veb-sahifalarni ishga tushiradi, hamda akkumulyator quvvatini kamroq sarflaydi. Boshlang‘ich sahifani foydalanuvchilar ixtiyoriy o‘zgartirishlari mumkin: fon, o‘qish ro‘yxati va yorliqlar. Shuningdek, Safari brauzeriga 7 ta tildan tarjima qiladigan tarjimon o‘rnatildi: rus, ingliz, ispan, xitoy, fransuz, nemis va portugal tillari.

Yangi operatsion tizim 2020 yilning kuz faslida chiqishi belgilangan. Big Sur versiyasiga quyidagi qurilmalar yangilanishi mumkin: MacBook 2015 va undan yangilari, MacBook Air 2013 va undan yangilari, MacBook Pro 2013 va undan yangilari, Mac mini 2014 va undan yangilari, iMac 2014 va undan yangilari, iMac Pro 2017 va undan yangilari, hamda Mac Pro 2013 va undan yangilari.

iPadOS 14

iOS 14 bilan birgalikda onlayn-anjumanda iPadOS 14 operatsion tizimi ham taqdim etildi. U ham, boshqa yangiliklar kabi, kuzda chiqishi rejalashtirilgan. Bu tizim qo‘yidagi qurilmalar uchun: iPad Air 2 va undan keyingilari, iPad Pro ning barcha modellari, iPad 5 va keyingilari, iPad mini 4 va undan keyingilari.

Tizim iOS 14 ning barcha yangilanishlarini o‘z ichiga oladi. Scribble funksiyasi Apple Pencil yordamida yozilgan matnni avtomatik tarzda raqamli ko‘rinishga o‘tkazadi.

Qurilma va internetda universal qidiruv ilovasi. Tizimdagi ilovalarni ishga tushirish uchun so‘rovni qidirish maydoniga kiritish kifoya. Shuningdek, u orqali siz hujjatlar, kontaktlar yoki manzillar bo‘yicha ma’lumot topishingiz mumkin.

Boshqa yangilanishlar

  • Apple TV “aqlli uy” texnologiyasining bir qismi sifatida imkoniyatlari kengaytirildi. Shuningdek, Apple TV Xbox Elite Controller ni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.
  • AirPods quloqchinlari endi qurilmalar orasida, masalan iPhone va iPad o‘rtasida, avtomatik tarzda ulanadigan bo‘ldi. Agar foydalanuvchi bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tsa, quloqchinlar ham avtomatik tarzda boshqa qurilmaga ulanadi. Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar: AirPods Pro, AirPods (2-chi avlod), Powerbeats Pro va Beats Solo Pro.
  • AirPods Pro shuningdek, kinoteatrdagi kabi, fazoviy audio xususiyatga ega bo‘ldi. Quloqchinlar boshning fazodagi holatiga va foydalanuvchi harakatlariga qarab yo‘naltirilishni o‘rgandi.
  • watchOS 7 aqlli soatlarga mo‘ljallangan operatsion tizimi endilikda uyqu vaqtini eslatish, foydalanuvchi uxlayotganini aniqlash va optimal uyqu davomiyligini ko‘rsatish funksiyasiga ega bo‘ldi.
  • Alohida oynada ilovalar foydalanuvchi haqida qanaqa ma’lumot yig‘ilishini ko‘rsatish va foydalanuvchini kuzatish uchun qaysi ma’lumotlar ishlatilishini belgilashi mumkin.
  • Apple anjumanida Amazon, Google, IKEA va Somcast kabi kompaniyalar bilan “aqlli uy” standarti ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Apple kompaniyasi endilikda Mac kompyuterlari uchun o‘zlari ishlab chiqargan protsessorlardan foydalanishi va Intel protsessorlaridan voz kechganini ma’lum qildi. “Bu Mac uchun tarixiy kun” deydi kompaniya bosh direktori Tim Kuk. Apple protsessorlarida qurilgan Mac kompyuterlari 2020 yilning oxirida chiqishi anjumanda aytib o‘tildi.