Internetda 20 mln bepul VPN xizmatlari foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlandi. Himoyalanmagan serverda foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, shifrlangmagan parollar, IP va uy manzillari, smartfon modellari va aloqa vositalarining identifikatorlari mavjud. Bu haqda Kommersant’ xabar berdi.

vpnMentor tadqiqot guruhi ochiq tarmoqda 20 mlndan ortiq bepul VPN foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topishdi.

Himoyalanmagan serverda UFO VPN, Fast VPN, Free VPN, Super VPN, Flash VPN, Secure VPN va Rabbit VPN dasturlari haqda ma’lumotlar, shuningdek, foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, shifrlanmagan parollar, IP va uy manzillari, smartfon modellari va aloqa vositalarining identifikatorlari mavjud. Ma’lumotlarning umumiy hajmi — 1,2 TB. Ko‘pgina dasturlar Google Play va AppStore da 1 mln dan ortiq yuklamalarga ega va foydalanuvchilar tomonidan berilgan umumiy reytinglari 4,5 dan yuqori, deya ta’kidladi vpnMentor tadqiqotchilari.

Asosan bunday xizmatlardan davlat yoki provayder tomonidan bloklangan saytlarga kirish uchun, ba’zida o‘z ma’lumotlarini yashirish uchun foydalanishadi.

Ekspertlarning aytishicha, hattoki pullik VPN xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalar ham ma’lumotlarni sotayotganlikda ayblangangan holatlari kuzatilgan.

Palo Alto Networks kompaniyasining axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Denis Batrankovning fikricha, bu holat «VPN industriyasi uchun bu haqiqiy indikator bo‘ladi — endi hech kim o‘zining kuzatilmayotganiga amin bo‘la olmaydi».

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu ma’lumot tarqalishi internetda anonimlikni va’da qiluvchi xizmatlarning xavfsiz emasligini va bu spam-xabarlarning tarqalishi, fishing va taqiqlangan saytlarga kirishga qaror qilgan foydalanuvchilarning shantaj qilinishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.