4 iyun kuni Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya Davlat Dumasi deputatlarining messenjerni bloklashni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga izoh berib, “Hozir Telegram jamoasi har oyda zo‘ravonlik va terror uchun ommaviy chaqiruvlarni tarqatishga o‘n minglab urinishlarning oldini olmoqda. Yozishmalar maxfiyligini to‘liq saqlagan holda, Telegram maxfiylik siyosati doirasida butun dunyodagi terroristik harakatlarning oldini olish uchun mexanizmlar ishlab chiqdi”, — dedi.

“Gazeta.uz” Telegram messenjerida maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi.

Telefon raqam sozlamalari

Messenjerning asosiy maqsadlaridan biri — foydalanuvchilarga xavfsiz xabar almashish platformasini yaratish deb ta’kidlaydi Durov. 2019 yilning 5 sentabr kuni kompaniya telefon raqamni yashirish funksiyasini kiritgani haqida xabar bergan edi. Qo‘yida berilgan amallar va sozlamalar messenjerning “Nastroyki"("Sozlamalar”) — “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Nomer telefona"(“Telefon raqami”) bo‘limida amalga oshiriladi.


Bu funksiya “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Nomer telefona"(“Telefon raqami”) bo‘limida joylashgan. Foto: Telegram Desktop

“Kto vidit moy nomer telefona"(“Telefon raqamimni kimlar ko‘rishi mumkin”) va “Kto mojet nayti menya po nomeru"(“Telefon raqamim orqali kimlar topishi mumkin”) bo‘limlari o‘zaro bog‘liq: ikkinchisini sozlash uchun “Kto vidit moy nomer telefona"(“Telefon raqamni kimlar ko‘rishi mumkin”) bo‘limida “Moi kontaktы"(“Mening kontaktlarim”) elementi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Natijada, sizni o‘z kontaktlari ro‘yxatiga qo‘shgan foydalanuvchilar sizning ham kontaktlaringiz ro‘yxatida bo‘lsagina, o‘zaro raqamlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.


“Istisnolarni kiritish"(“Dobavit isklyucheniya”) bo‘limiga qo‘shilgan kontakt va foydalanuvchilarga yuqorida keltirilgan sozlamalar ta’sir qilmaydi.

So‘nggi faollik va onlayn status

Telegram messenjeri sozlamalardan kelib chiqqan holda foydalanuvchining tarmoqda faol bo‘lgan so‘nggi vaqtini ko‘rsatadi. Sozlama “Nastroyki"("Sozlamalar”) — “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Poslednyaya aktivnost"(“So‘nggi faollik”) bo‘limida joylashgan va qo‘yidagi turkumlarga bo‘linadi:

  • aniq qiymat — aniq vaqtni ko‘rsatadi, misol: “So‘nggi faollik: 19:00 da”;

  • “yaqinda onlayn edi” — foydalanuvchi yaqin orada onlayn bo‘lganini ko‘rsatadi;

  • “bir hafta ichida onlayn edi” — foydalanuvchi so‘nggi haftaning noma’lum kunida onlayn bo‘lgan;

  • “bir oy ichida onlayn bo‘lgan” — foydalanuvchi oxirgi bir oyning noma’lum kunida so‘nggi marotaba onlayn bo‘lgan.


“Oxirgi faollik vaqtini kimlar ko‘ra oladi” sozlamasida uchta element mavjud:

  • “Vse"("Hamma”) — so‘nggi onlayn vaqtni hamma ko‘rishi mumkin.

  • “Moi kontaktы"(“Mening kontaktlarim”) — so‘nggi onlayn bo‘lgan vaqtni faqat foydalanuvchi tomonidan abonentlar ro‘yxatiga kiritilganlar ko‘ra oladi.

  • “Nikto"("Hech kim”) — tarmoqda faol bo‘lgan vaqtni hech kim ko‘ra olmaydi.


“Istisnolarni kiritish"(“Dobavit isklyucheniya”), “Vsegda pokazыvat” bo‘limiga kiritilgan foydalanuvchilari so‘nggi faol vaqtni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Profil rasmi

Telegram messenjerida har bir foydalanuvchi o‘zining profiliga “Nastroyki"("Sozlamalar”) — “Izmenit profil"(“Profilni tahrirlash”) bo‘limida fotosurat o‘rnatishi mumkin. Shu bilan birga, bu suratni kimlar ko‘ra olishini “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Fotografiya profilya"(“Profil fotografiyasi”) bo‘limida belgilasa bo‘ladi.


“Vse"("Hamma”) — hamma ko‘rishi mumkin, “Moi kontaktы"(“Kontaktlarim”) — faqat foydalanuvchi kontaktlar ro‘xatiga kiritganlar ko‘ra oladi.


“Dobavit isklyucheniya"(“Istisnolarni kiritish”) bo‘limida “Vsegda zapreat"(“Doimo taqiqlash”) belgisi o‘rnatilgan foydalanuvchilar, yuqorida eslatib o‘tilgan sozlamalarga qaramasdan, sizning profilingizdagi rasmlarni ko‘ra olmaydi.

Uzatilgan xabarlar maxfiyligi

Messenjerda boshqa foydalanuvchi yoki kanaldan xabar uzatilganda xabar manbasi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Uzatilgan xabarlar manbasining ko‘rsatilishini “Nastroyki"("Sozlamalar”) — “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Pereslannыye soobeniya"(“Uzatilgan xabarlar”) bo‘limida sozlash mumkin.


Xabar manbasiga havola

“Kto mojet ssыlatsya na moy akkaunt pri peresыlke soobeniy"(“Xabarlarimni uzatganda kimlar profilimga havola berishi mumkin”) bo‘limida “Vse"("Hamma”) sozlamasi o‘rnatilgan bo‘lsa, istalgan kishi sizdan uzatilgan xabar orqali profilingizni ko‘rishi mumkin. “Moi kontaktы"(“Mening kontaktlarim”) elementi profilingizni faqat sizning foydalanuvchilar ro‘yxatiga qo‘shilgan kontaktlar ko‘ra olishini anglatadi. “Nikto"("Hech kim”) elementi o‘rnatilgan bo‘lsa, hech kim sizning profilingizni uzatilgan xabar orqali ko‘ra olmaydi.

Telegram orqali qo‘ng‘iroq qilish

2017 yilning 30 mart sanasida Telegram kompaniyasi messenjerga ko‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkoniyatini kiritganini xabar bergan edi. Xabarda ma’lum qilinishicha, sizga kimlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini belgilasa ham bo‘ladi. Buning uchun “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Golosovыye zvonki"(“Ovozli qo‘ng‘iroqlar”) bo‘limida kerakli sozlamani o‘rnatish kifoya:


  • “Vse"("Hamma”) — sizga hamma qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

  • “Moi kontaktы"(“Kontaktlarim”) — ovozli qo‘ng‘iroq orqali siz bilan faqat sizning kontaktlaringiz ro‘yxatiga qo‘shilgan foydalanuvchilar bog‘lanishi mumkin.

  • “Nikto"("Hech kim”) — sizga hech kim qo‘ng‘iroq qila olmaydi.

“Zvonki” (“Qo‘ng‘iroqlar”) bo‘limining istisnolar menyusi:

“Dobavit isklyucheniya” — istisnolarni kiritishni anglatadi. Bu sozlama yuqorida eslatib o‘tilganlar bilan o‘zaro bog‘liq va kim sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini alohida belgilaydi. Buning uchun “Dobavit"("Qo‘shish”) tugmasini bosib kerakli foydalanuvchilarni tanlash kifoya.


“Kto mojet zvonit mne"(“Menga kimlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkin”) bo‘limining “Nikto"("Hech kimbiri”) sozlamasi o‘rnatilgan vaqtdagi istisnolar holati

Agarda “Kto mojet zvonit mne"(“Menga kimlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkin”) bo‘limida “Vse"("Hamma”) yoki “Moi kontaktы"(“Mening kontaktlarim”) elementi o‘rnatilgan bo‘lsa, istisnolar menyusi qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


“Kto mojet zvonit mne"(“Menga kimlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkin”) bo‘limining “Vse"("Hamma”) va “Moi kontaktы"(“Mening kontaktlarim”) sozlamasi o‘rnatilgan vaqtdagi istisnolar holati.

Bu holatda “Vsegda zapreat"(“Har doim taqiqlash”) orqali kaysi foydalanuvchilarga sizga qo‘ng‘iroq qilish taqiqlanganini belgilash mumkin.

Kanal va guruhlar

Shuningdek, foydalanuvchilar bir-birlarini Telegram messenjeri doirasadagi guruh va kanallarga taklif qilishlari mumkin. Bu funksiyani ham “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) bo‘limida sozlash mumkin, sozlama “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Gruppы i kanalы"(“Guruhlar va kanallar”) bo‘limida joylashgan va ko‘rinishi qo‘yidagicha:


“Kto mojet priglashat menya v gruppы i kanalы"(“Kimlar meni guruh chatlariga va kanallarga qo‘sha oladi?”) menyusidagi elementlar:

  • “Vse"("Hamma”) — istalgan kishi sizni guruh va kanallarga qo‘sha oladi.

  • “Moi kontaktы"(“Kontaktlarim”) — faqat sizning kontaktlaringiz ro‘yxatida mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar sizni guruh va kanallarga qo‘shishi mumkin.

Boshqa sozlamalar kabi, bu bo‘limda ham istisnolarni kiritish mumkin:


“Vsegda razreshat"(“Har doim ruxsat berish”) — kimlarga sizni guruh va kanallarga qo‘shishga ruxsat berilganligini belgilash. “Vsegda zapreat"(“Har doim taqiqlash”) — belgilangan foydalanuvchilarga sizni guruh va kanallarga qo‘shishni taqiqlash.

Qo‘shimcha himoya

Telegram messenjerida shaxsiy profil telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy profilga kirish SMS-kodlar orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan raqamga kod keladi va uni dasturga kiritish kerak.

2015 yilning 8 aprel kuni Telegram o‘z blogida ikki bosqichli kirish tizimini taqdim etdi. Bu degani, agar ikki bosqichli verifikatsiya o‘rnatilgan bo‘lsa, profilga kirish uchun nafaqat raqamingizga kelgan SMS-kodni, balki qo‘shimcha verifikatsion parolni ham kiritish kerak. Maxsus tizim foydalanuvchilar profillarining qo‘shimcha ximoyasi bo‘lib, u qo‘yidagicha o‘rnatiladi. “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Dvuxetapnaya autentifikatsiya"(“Ikki bosqichli tekshiruv”) bo‘limida shaxsiy elektron pochtani kiriting. Keyin, ko‘rsatilgan pochtaga Telegram tomonidan maxsus kod yuboriladi va uni messenjerga kiritish kerak bo‘ladi.


Ikki bosqichli kirish tizimi