Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi fuqarolardan Umra ziyorati uchun olgan 1 mlrd 650 mln so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sud davomida jabrlanuvchilar arizalarini qaytarib olgani sababli moddiy zarar to‘lanmagan. Sobiq xodim esa besh yilga qamalgan.
Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirining ma’lum qilishicha, koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. «Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi», — dedi vazir.
Ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini ado etib kelgan ayolni kutib olishda uning qadami ostiga sholcha, kiyimlar to‘shalgani, yosh bolani ziyoratchi oyog‘i ostiga bostirilishi aks etgan video tarqaldi. Fatvo markazi bunday ishlardan qaytarib, buning riyokorlik va og‘ir gunoh ekanini bildirdi.
Saudiya Arabistoni dunyo bo‘ylab ziyoratchilarning sayohatini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan Nusuk integratsiyalashgan raqamli platforma bo‘lgan Nusukni ishga tushirdi. U orqali vizaga ariza topshirish, mehmonxona va reyslarni bron qilish mumkin.
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Din ishlari qo‘mitasi va Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashuvda haj va umra xizmati sifatini oshirish, ziyorat narxini arzonlashtirish muhokama etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi. Suratlar.
Madina aeroportida Umra ziyoratiga kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga kiritilmadi. Ularning 2019 yilda Qirg‘iziston qalbaki pasporti bilan Umra safariga borib kelgani aniqlangan. Hozirda fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022 yilgi umra sayohati mavsumiga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qildi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Saudiya Arabistonidagi «Abu Sarhad» hamkor shirkati bilan bu haqda shartnoma imzoladi. Navbat asosida belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan, tegishli vaksinani olgan va Saudiya Arabistonining karantin talablarini bajargan fuqarolar tartib bilan safarga jo‘natiladi.
Yaqin vaqtlarda pandemiya boshlanishidan avval umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun ziyorat qilish imkoniyatlari yaratilishi mumkin. Bu bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari Saudiya Arabistoni muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Kamilov 17 may sanasidan «Haj» va «Umra» safarlariga ruxsat berilishi mumkinligini qayd etdi. U safar masalasi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.
Haj va Umra ziyoratini faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Taklifga binoan, O‘zbekistonda boshqa tashkilotlarning ushbu tadbirlarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting