Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi 26 sentabr kuni mamlakatning rasmiy integratsiyalashgan Nusuk (nusuk.sa) raqamli platformasini ishga tushirdi. Qirollik haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 29 sentabr kuni Toshkentda mazkur platforma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Vision 2030 Pilgrim Experience dasturi tashabbusi hisoblangan mazkur platforda Makka va Madina shaharlariga tashrif buyuruvchilar uchun mos turli paketlar va dasturlarni bron qilish, Saudiya Arabistoni Qirolligiga kirish vizasi hamda zarur ruxsatnomalar berish yo‘lga qo‘yilgan. (Platforma garchi ikkita — ingliz va arab tillarida ishga tushirilgan bo‘lsa ham, Google tarjimon yordamida ma’lumotlarni katta aniqlikda o‘zbek tiliga tarjima qilish mumkin).

Platfor taqdimoti davomida Tavfiq bin Favzon ar-Rabia ziyoratchilarga eng yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlarning davomi ekanini tushuntirdi. «Nusuk bir qancha davlat idoralari bilan hamkorlikda tartib-qoidalarni soddalashtirish, sayohatchilar va ziyoratchilarga ma’naviy sayohatlarini qulay va osonlik bilan o‘tkazish imkonini yaratish ustida ish olib boradi», — dedi u.


Qayd etilishicha, Nusuk bilan butun dunyo bo‘ylab sayohatchilar eVisa uchun ariza topshirish (O‘zbekiston fuqarolari uchun faqat paket vizalar beriladi) tortib, mehmonxonalar va reyslarni bron qilishgacha bo‘lgan barcha safar va tashriflarni osongina tashkil qilish mumkin.

Bir necha tillarda elektron qo‘llanma, tibbiy ma’lumot va xizmatlar, turli taklif va tadbirlar, interaktiv xaritalar o‘rin olgan. Makka, Madina shaharlari, qolaversa boshqa ziyorat turizmi obyektlari haqidagi ma’lumotlar bir joyda jamlangan. Shuningdek, Saudiya Arabistonidagi xarid qilish, oziq-ovqat va ichimliklar

Bundan tashqari, platforma bronlash va to‘lov tartiblari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan o‘zaro hamkorlikni osonlashtirish, xususiy sektor mutaxassislari uchun maxsus kurslarni taqdim etish, umra ijrochilari va tashrif buyuruvchilarni davlat va xususiy sektor xizmatlari bilan bog‘lash kabi vazifalarni ham bajaradi.