Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli avtoyo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi qiymati 280 mlrd so‘mdan 518,3 mldr so‘mgacha oshirildi. Qurilish ishlari Grand Road Tashkent tomonidan olib boriladi. Hukumat loyihani tendersiz o‘tkazishga ruxsat berdi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev OAV vakillaridan «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivalida tadbir bo‘yicha kuzatiladigan xato va kamchiliklarni «saytlarda aylantirmasdan, hokimlikning o‘ziga aytishni» so‘radi. «To‘yimizni buzmanglar. Bayram bayramdek bo‘lsin. Biz keyin yana bayram o‘tkazishimizga ishtiyoqimiz bo‘lsin. Tanqid deb keyin qo‘limizni yerga tushirishni xohlamaymiz», — deya ta’kidladi u.
Toshkentda kuchli shamol natijasida Malibu rusumli avtomashinaning ustiga daraxt quladi. Ma’lum qilinishicha, mashinani boshqargan qiz jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoning boshqa ta’sirlari, jumladan, yer usti metrosi stansiyasining tomiga qisman zarar etkazilgani haqidagi kadrlar joylashtirildi.
Toshkentning tuman hokimi «mahfiy» qaroriga binoan tadbirkor yer uchastkasini olib qo‘yilishi munosabati bilan o‘z savdo ob’ektidan mahrum bo‘ldi, deya ma’lum qildi biznes ombudsman. Sud poytaxt hokimiyatiga buzilgan inshoot uchun tadbirkorga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.
Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.
Ramazon hayiti namozi munosabati bilan O‘zbekiston masjidlarda 2,5 mlndan ortiq kishi, shu jumladan Toshkent shahrida — qariyb 500 ming kishi to‘plandi. «Gazeta.uz» poytaxtdagi Minor masjididan fotoreportaj tayyorladi.
Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi.
Toshkentda og‘ir kasal bolalarni davolash uchun deb yolg‘on xayriyaga pul yig‘gan ayol ushlandi. Fuqaro bolalarning fotosuratlarini internetdan ko‘chirib olib foydalangan. Ularlan biri fevral oyida vafot etgan.
Toshkent shahrida Matiz avtomobili «Isuzu» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Oqibatda avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan. Hodisa sababli avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Natijada, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi. Hozirgi kunda Toshkent maktablarida 234 967 nafar o‘quvchi an’anaviy tarzda, 214 077 nafar o‘quvchi masofadan turib ta’lim olmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi apelsin, limon va banan narxlari MDH va Yevropaning London, Berlin va Rim kabi bir qator markazlaridagi narxlardan baland bo‘lib turibdi. Shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat narxlari bo‘yicha Toshkent shahridagi minimal narxlar MDH davlatlari poytaxtidagi narxlardan ancha baland ekanligi aniqlandi.
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi. Bundan tashqari, maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari tashkil etiladi.
Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l nihoyat avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l deyarli 6 yil oldin yopilgan edi. Yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan edi.
2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.
Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Mirobod tumanida Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Nexia haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting