Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Price Warnings loyihasi doirasida Toshkent bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganib, boshqa mamlakatlar poytaxtlaridagi narxlar bilan solishtirdi.

Tadqiqot davomida Toshkent savdo nuqtalaridagi mahsulotlarning eng minimal narxlari olinglanligi ta’kidlanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, fevral oyidan buyon 28 xil mahsulotning 20 tasining narxlarida o‘zgarishlar kuzatilgan, 17 xil mahsulot narxlari qimmatlagan.

Toshkentdagi narxlar bilan bir qatorda, 16 ta MDH va Yevropa davlatlari poytaxtlaridagi narxlar ham o‘rganilgan va solishtirilgan.

Solishtiruv natijalariga ko‘ra, Toshkentdagi ayrim mahsulotlarning narxlari biroz havotirli ko‘rinmoqda.

Apelsinlar

Toshkent supermarketlarida apelsinlarning minimal narxi 1 kg uchun 2,8 dollarga teng. Bu tahlil qilinayotgan shaharlar, jumladan Moskvadagi apelsinlarning minimal narxidan 4,3 baravarga yuqori. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri Rim, London, Berlin shaharlarini ham ortda qoldirgan.

MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg apelsin narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Limon

Toshkentdagi supermarketlarda 1 kg limonning minimal narxi 2,8 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 69,4 foizga, shu jumladan Anqaradagi limonlarning minimal narxidan 3,3 baravar yuqori. Bu yerda ham narxlar Yevropa megapolislaridagi narxlardan ancha baland.

MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg limon narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Banan

Toshkentdagi supermarketlarida 1 kg bananning minimal narxi 2,1 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha narxdan 55,7 foizga yuqori va Moskvadagi banan uchun qayd etilgan minimal narxdan 2,7 baravar yuqori. Banan narxlari bo‘yicha ham Toshkent MDH poytaxtlarini hamda bir qator Yevropa markazlarini ortda qoldirgan.

MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg banan narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Qadoqlangan sut

Toshkent shahridagi supermarketlarda pasterizatsiya qilingan sutning minimal narxi 1 litr uchun 0,82 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha 18,8 foizga va Bishkekdagi eng minimal narxdan 93 foizga yuqori. Qadoqlangan sutning yuqori narxlarining asosiy sababi bozordagi rivojlanmagan raqobatdir, deyiladi institut tahlilida.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr sut narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Margarin

Toshkent shahridagi supermarketlarda 1 kg margarinning minimal narxi 2,2 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha narxdan 20,2% ga va Bishkekdagi eng minimal qayd etilgan narxdan 85,6% ga yuqori.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg margarin narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Kartoshka

Toshkent shahridagi supermarketlarda kartoshkaning minimal narxi 1 kg uchun 0,46 dollarni tashkil etadi, bu Anqaradagi kartoshka uchun belgilangan minimal narxdan 2,3 baravar yuqori.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg kartoshka narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Mandarinlar

Toshkentdagi supermarketlarda 1 kg mandarinning minimal narxi 1,7 dollarni tashkil etadi, bu Moskvadagi mandarinlar uchun belgilangan eng past narxdan 87,9 foizga yuqori.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg mandarin narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

O‘simlik yog‘i

Toshkent shahridagi supermarketlarda o‘simlik (kungaboqar) yog‘ining minimal narxi litri uchun 1,7 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha narxdan 6,7 foizga yuqori va Bishkek shahridagi kungaboqar yog‘i uchun belgilangan minimal narxdan 2 baravar yuqori.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr o‘simlik yog‘ining narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Makaron

Toshkent shahridagi supermarketlarda makaron mahsulotlarining minimal narxi 1 kg uchun 0,83 dollarni tashkil etadi, bu Minskdagi makaron mahsulotlari uchun belgilangan minimal narxdan 83,4 foizga yuqori.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg makaronning narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

Mol go‘shti

Toshkent shahridagi supermarketlarda 1 kg mol go‘shtining minimal narxi 5,2 dollarni tashkil etadi, bu Minskdagi mol go‘shti uchun belgilangan eng past narxdan 56,5 foizga yuqori.

MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg mol go‘shtining narxi (dollarda). Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.