Toshkent shahar hokimligi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalaridagi 291 ta bino fasadlarini yangilamoqda. Hokimning kommunal masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shoxrux Raximjonov «Gazeta.uz»ga ularning bir qismi moddiy madaniy meros ob’ektlari reyestriga kiritilganligini ma’lum qildi. Loyiha poytaxt hokimi Jaxongir Ortikxo‘jayev topshirig‘i bilan amalga oshirilmoqda.

Shoxrux Raximjonovning so‘zlariga ko‘ra, bino fasadlari holati ta’mirtalab bo‘lib qolgan. «Stalinkalar»da chakana savdo шохобчаlari va ofis binolarini ochishda alyukobond kabi zamonaviy materiallardan фойdaланилgaн. Bu binolarning me’moriy ko‘rinishini buзаётgaн эди, ular me’moriy ahamiyatini йўқота бошлаgaн edi, dedi hokim o‘rinbosari.

«Biz arxivlarda oldin qanday bo‘lganligini ko‘rib, ularning asl ko‘rinishini qaytaryapmiz», deydi Shoxrux Raximjonov.

Jami Navoiy ko‘chasida 82 ta, Nukus ko‘chasida 113 ta va Shota Rustavelida 96 ta binolarning fasadlari yangilanadi, deydi u. Ta’mirlash shahar byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Shota Rustaveli ko‘chasi, 35-uy.

«Gazeta.uz» Nukus ko‘chasidagi 2 va 5-uylarning old qismidagi konditsionerlar panjara bilan qoplanganini va balkonlar ostida iliq sariq chiroq yonib turganiga e’tibor qaratdi.


Nukus ko‘chasi, 5-uy.

Shoxrux Raximjonovning aytishicha, konditsionerlar ham bir qatorga ko‘chirildi, simlar fasad tomondan olib tashlandi, soyabonlar yangilandi. Devorlar gruntlangan, shtukaturka qilingan, shuvalganva och sarg‘ish rangga bo‘yalgan. Boshqa binolar ham xuddi shu yo‘sinda ta’mirdan chiqariladi. Hokim o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, devorlarning pastki qismi ham granit bilan qoplandi, ammo aholining aytishicha, devorlarga granit bilan emas sirti marmarga o‘xshash kafel plitalaridan ishlov berilgan.


Nukus ko‘chasi, 2-uy.

O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisining o‘rinbosari Asomiddin Tojiyevning «Gazeta.uz»ga ta’kidlashicha, Toshkentning taxminan 50−70 ta «Stalinka"lari moddiy madaniy meroslar reyestriga kiritilgan. Markaziy ko‘chalarda joylashgan barcha binolar, shuningdek madaniy meros ob’ektlari bezash pasportiga ega bo‘lib, har qanday ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari unga asosan olib borilishi kerak. Uning aytishicha, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bu ishni o‘z nazorati ostiga olishi kerak. «Gazeta.uz» departament bilan bog‘lana olmadi.

Asomiddin Tojiyevning ta’kidlashicha, Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalaridagi Stalin davridagi binolar kabi moddiy madaniy meros bilan ishlashda iloji boricha me’moriy elementlarni saqlab qolish zarur. Karnizlarni almashtirish mumkin emas. Oyna romlarini faqat ularni ta’mirlashning imkoni bo‘lmagandagina almashtirish mumkin. Ularni xuddi shu materiallardan yaasalgan yangi romlar bilan almashtirish yoki hech bo‘lmaganda me’morlar tomonidan o‘ylangan ranglar palitrasi va shakliga rioya qilish tavsiya etiladi.

Asomiddin Tojiyev amalga oshirilayotgan jarayon — rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari ekanligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fasadlarning bo‘yoq ishlariga ehtiyoji bor edi. Oxirgi marta ular taxminan yetti yil oldin ta’mirlangan. O‘tgan qish, qattiq sovuqlar va yog‘ingarchiliklarning ko‘paygani bo‘yoq va suvoqning ajralishiga olib kelgan.

«Hammasi yoqyapti. Chiroyli bo‘lib qoldi. Ikki hafta davomida ishlashdi. Ular hech qanday noqulaylik tug‘dirmadilar. Hovli qismi ham yangilanadi», — deydi Nukus ko‘chasi 2-uyda yashovchi Yuriy.


Nukus ko‘chasi, 2-uy.

Ushbu uyning «domkomi» Yelena Xusainova «Gazeta.uz»ga ta’mirlash ishlari aholi uchun kutilmagan voqea bo‘lganini aytdi.

«Shunchaki kelib, havozalarni o‘rnatishdi», deydi u. — Uyimiz bo‘yalishga muhtoj edi. So‘nggi marta taxminan olti yil oldin bo‘yalgan. O‘shanda tez-tez bo‘yab turishardi, ammo qo‘l uchida. Bu safar ajoyib pudratchi tushdi. Hozir hovli qismini ham [XUMSH] bilan teng yarim bo‘yashni rejalashtiryapmiz", — dedi Yelena Xusainova.


Nukus ko‘chasi, 2-uy, hovli tomondan.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shoxrux Raximjonov fasadlarni bo‘yash uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi. Ammo ko‘pchilik shirkatlar moddiy tomondan ta’minlanmaganligi sabab shahar xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.

Nukus ko‘chasi 19A-uyda yashovchi Erkin Ismoilovich, uylarni chiroyli qilishganligini, ammo noto‘g‘ri rangga bo‘yashgan deb hisoblaydi. Uning aytishicha, 5 va 19A-uylar har doim «pushti uylar» deb atalgan, chunki ular shu rangga bo‘yalgan bo‘lgan.


Nukus ko‘chasi, 19A-uy.

«Hatto taksichilar ham ularning pushti uylar ekanligini bilishardi. SSSR qulaganidan keyin ularni pushti rangga bo‘yamay qo‘yishdi», — deydi u.

Uning fikricha, shahar nafaqat uylarning fasadiga, balki boshqa muammolarga ham e’tibor qaratishi kerak. 20 noyabrdan boshlab 19A-uyda sovuq suv ta’minoti buzildi, deydi Erkin Ismoilovich. Sovuq suv yuqori qavatlarga umuman yetib bormaydi, tuman va shahar suv ta’minoti xizmati esa aholining murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmoqda.

Navoiy ko‘chasi 14-uyda yashovchi Damira Tojiyeva «Gazeta.uz» bilan suhbatda u 67 yildan beri shu uyda yashayotganini aytib o‘tdi. Uy 75 yil oldin yapon harbiy asirlari tomonidan qurilgan. Ayol binoni hovli tomondan bo‘yashga qarshi chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholiga pishiq g‘ishtlarning chiroyli terilgan holati yoqadi.


Navoiy ko‘chasi 14-uydagi ta’mirlash ishlari.

«Matbuot markazi binosida (Navoiy ko‘chasi, 16-uy — tahr.) to‘q pushti rangni ko‘rganimizda, biz fasadni buzib qo‘yishlaridan qo‘rqdik. Ammo bizga bu rang ostidagi ishlov ekanligini aytishdi. Sariq rang esa juda yoqadi, garchi ilgari bu uylar oq rangda edi. Nihoyat, yaxshi ishlay boshlashdi. Ilgari alpinistlar ham bo‘yashardi, ammo bo‘yoqlar tezda to‘kilib ketardi», — ta’kidladi Damira Tojiyeva.


Damira Tojiyeva.

Ayol shuningdek, transport vositalarining ko‘pligidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar piyodalar yo‘lagiga сиғмаяпти. Aholi chiqindi gazlar bilan nafas olishga majbur bo‘lyapti. Aholining yagona najoti — bu ichki hovli.


Navoiy ko‘chasi, 14-uy, hovli tomondan.

Shoxrux Raximjonov Nukus, Navoiy va Shota Rustaveli ko‘chalarida ishlar tugagandan so‘ng shahar boshqa ko‘chalardagi binolarning fasadlarini yangilashga kirishishini ma’lum qildi.

Arxitektorlar ittifoqi raisining o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev ishlar o‘z yakuniga yetganidan so‘ng ularga baho berish mumkin bo‘ladi deya ta’kidladi.

«Ammo hozircha biz hech qanday qoidabuzarliklarni ko‘rmayapmiz», — deydi u.

Foto


Shota Rustaveli ko‘chasi, 51-uy. Fasadni yangilash paytida alyukobond balkonlar tabiiy materiallardan yasalgan dastlabki to‘siqlar bilan almashtirilishi kerak.


Shota Rustaveli ko‘chasi, 45-uy. Rekonstruksiya ishlari hali bu binogacha yetib kelmagan.


Shota Rustaveli ko‘chasi, 43-uydagi havozalar.


Shota Rustaveli ko‘chasidagi 35-uy. Birinchi qavatda joylashgan savdo binolari peshtoq yozuvlarining barini yagona dizaynga keltirish kerak.


Shota Rustaveli ko‘chasi 37-uy.


Shota Rustaveli ko‘chasi 33-uy fasadni yangilash jarayonida.


Navoiy ko‘chasi.


Nukus ko‘chasidagi 2-uyning fasadi. Balkondagi kashpo gullari — sun’iy.

Nukus ko‘chasidagi 2-uyning balkonidagi yoritish chiroqlari.



Nukus ko‘chasi 5-uy. Ilgari bu eshiklar yog‘ochdan edi. Ularning oldingi ko‘rinishi qaytarilsa yaxshi bo‘lar edi. Plastik tez ifloslanadi va binoning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir qiladi.


Devorning pastki qismiga ishlov berish uchun granit ishlatiladi.


Nukus ko‘chasi 5-uyning devoridagi yoritgichlar.


Nukus ko‘chasi 5-uyning fasadi.


Nukus ko‘chasidagi 5-uy hovli tomondan. Binolarning me’moriy ko‘rinishi yuqori martabali shaxslar kortejlarining derazalaridan ko‘rinmaydigan tomondan ham tartibga solinishi kerak.


Shahar panjaralar dizayni, konditsionerlarni joylashtirish, simlar va quvurlarni yotqizish bo‘yicha talablarni bajarishi, shuningdek, noqonuniy qurilishlarga qarshi kurashishi kerak.