Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan. Bu xaqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, rekonstruksiya jarayonida hududdagi daraxtlarga zarar yetkazmagan holda qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi.

Ma’lumotga ko‘ra, ramziy rotonda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, muzey xodimlari uchun alohida ma’muriy bino quriladi.

Aholi uchun maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari barpo etish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.