Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasi bor-yo‘g‘i — 21 foizni tashkil qiladi, tizimda qariyb 400 ta avtobus yetishmaydi. Yo‘llar piyoda va velosipedda yurish uchun qulay emas, buning oqibatida YTHlar ko‘p sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlandi prezident ishtirokidagi taqdimotda. Shavkat Mirziyoyev yangi avtobus hamda elektrobuslar xarid qilish va umuman, jamoat transportidan foydalanish darajasini hozirgidan 2 barobar oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Respublika hududlari kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha, joriy narxlarda yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha va tashqi savdo aylanmasi yuqoriligi bo‘yicha ham Toshkent shahri yuqori o‘rinni egallagan. Tovarlar eksport-importi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bitimlarining umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi. Toshkentda kvartira narxlari o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va qurish bo‘yicha qarorni imzoladi. Darvozalarning joylashuvi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan xaritalarni bog‘lash orqali aniqlangan. Oldinroq «Gazeta.uz» departamentning tadqiqoti qanday borganligi va darvozalarning aniq joylashuvi haqida yozgan edi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qidiruvdagi ikki ayol bilan muloqotda bo‘lib, ularning ko‘rsatmalari bo‘yicha «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi.
Poytaxtda Nexia va tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab “Gazel” avtomobili yonib ketdi. Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Poytaxtning Yashnobod tumanida Matiz 65 yoshli piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyatida qurilish balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Shuningdek, Namangan viloyati, Buxoro viloyati, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Toshkent shahrining Chilonzor hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Yashnobod tumanida Matiz uch qavatli yo‘l aylanmasining ikkinchi qavatidan pastga tushib ketdi. Oqibatda haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, 2021−2022 yillarda poytaxtimizning 130 km piyodalar va 117 km velosiped yo‘laklarini qurish, 12 ta bog‘, 25 ta yashil hudud va saylgohlarni tashkil qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, 140 gektar maydonga ega bo‘lgan attraksionlarsiz bog‘larni va har bir tumanda kichik yashil bog‘larni tashkil qilinishi kutilmoqda.
1 apreldan O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlari boshlandi. «Gazeta.uz» muxbiri Toshkent shahri va viloyatidagi bir qancha emlash punktlariga tashrif buyurib, aholining vaksina bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi. Kimdir xitoy-o‘zbek vaksinasi ishonchliroq desa, boshqa birovga AstraZeneca ma’qul, yana kimdir esa «Sputnik V elita qatlami uchun», degan fikrda.
Poytaxtda «Cobalt» avtomobili harakatlanib kelayotgan teplovoz bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.
2021 yilgi davlat dasturiga fuqaro taklifi bilan Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha alohida band kiritildi. Ushbu darvozalar XVIII asrda Toshkentni bosqinchilardan himoya qilish maqsadida uning atrofida bunyod etilgan 8−20 metrlik devor ichiga kirish vazifasini o‘tagan. Uning 12 ta kaliti ham bo‘lgan.
Toshkent shahrida «Nexia» avtomobili yo‘lni belgilanmagan joyida kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 38 yoshli piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormay vafot etdi.
Toshkent shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi oilaviy kelishmovchilik tufayli 48 yoshli otasini pichoqlab qo‘ydi. Tan jarohati oqibatida fuqaro vafot etgan.
Poytaxtning bir nechta ko‘chalarida avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahrida masofani saqlamaslik oqibatida 5 ta mashina bir biriga urilib, YTH sodir etdi. Hodisa natijasida ikki haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 2021 yilda Toshkent hududining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tmasligini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurilishi Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joy muammolarini hal qilishga qaratiladi.
Toshkent shahri tumanlari hokimlari COVID-19 pandemiyasi oqibatlari va oxirgi paytda tumanda qilinayotgan harakatlar haqida ma’lumotlar berish, aholini hamjihatlikka chaqirish maqsadida efir orqali halqqa yuzlanishdi. Ayrim hokimlar COVID-19 oqibatlari uchun xalqdan uzr so‘rashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting