4 iyul kuni taxminan saot 18:00 larda Yashnobod tumanidagi Oxangaron shossesida harakatlanayotgan Matiz uch qavatli yo‘l aylanmasining ikkinchi qavatidan pastga tushib ketdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi 33 yoshli U. N. boshqaruvni yo‘qotgan. Hozirda YTH sabablari o‘rganilmoqda.

YTH oqibatida haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.