22 iyul kuni taxminan soat 00.30 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida YTH ro‘y bergan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, X.L. (1999 y.t) ishonchnoma asosida Matiz rusumli avtomobilni boshqaruvi paytida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda — Sh. B.ni (1956 y.t.) urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarinining buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.