Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I. pichoqlangan holda topilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 yanvar kuni soat 01.00 da Yakkasaroy tumani IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unda Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida ma’lum qilingan.

Kelishmovchilik natijasida 17 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi o‘z otasi fuqaro A.I. ni pichoqlab qo‘ygani aniqlandi. A.I. tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.