O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 1752 marta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Quvasoyda Qo‘riqlash boshqarmasi va tez yordam mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Surxondaryo viloyatida feldsherlar sinov tariqasida “tez yordam” chaqiruviga skuterlarda ham bormoqda. Bunda tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura olish maqsad qilingan. Ular ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlarga birinchi yordamni ko‘rsatib qaytadi.
Asaka tumanida 30 yashar shoshilinch tibbiy yordam shifokori bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi. Bunga erning rashk qilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.
Toshkent shahar IIBB tez yordam dispetcherini haqoratlab, unga tahdid qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilganini ma’lum qildi. Erkak onasiga ayol shifokor jo‘natilishini talab qilgan, bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmagani sababli erkak shifokorlar yuborilgandi.
Dushanba kuni erta tongda Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Aniqlanishicha, bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi sovg‘a qildi. O‘z navbatida, Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasi yetib keldi va uni ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlash rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.
2022 yil davomida «Tez yordam» xizmatiga 13 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan, 1,1 million kishi kasalxonaga yotqizilgan. 2021 yilda bu chaqiriqlar soni 12,5 millionni tashkil etgandi.
Sud tez yordam haydovchisini yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda aybdor deb topdi, biroq u javobgarlikka tortilmadi va ogohlantirish berildi. Avvalroq haydovchilar ularga kelgan jarimalar oyliklaridan ushlab qolinayotganini aytib, videomurojaat yo‘llagandi. IIV esa jarimalar bekor qilinishini bildirgan.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tez tibbiy yordam avtomobillariga jarima belgilanayotgani va ular bekor qilinmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV va SSV holat bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilib, ushbu turdagi jarimalar bekor qilinishini ma’lum qildi.
Shayxontohur tumanida Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker avtomobiliga kelib urildi. Zarb oqibatida Ford ag‘darilib ketdi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaatlar hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.
Mirobod tumanida «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olib, davolanayotgan haydovchi bilan ko‘rishdi. Behzod Musayev uni «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Mirobod tumanida erkak chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisini kaltaklagani aytilmoqda. U o‘sha paytda noadekvat holatda yon-atrofdagilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
2022 yilning 9 oyida «103» xizmatiga jami 4 ming 452 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. SSVning ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan ikki barobar kam.
Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimi kaltaklangani aytilmoqda. SSV shifokorlarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib, holatni o‘z nazoratiga olganini qayd etdi. BP tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 9 mln 662 ming nafardan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatidan kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davridan ko‘p (9,2 mln nafar).
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting