Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasi sifatida 108 ta mashinani topshirdi, deya xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozircha rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda.

sentabrda Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi filiallariga 100 ta mashina yetkazilgandi.

Yanvar oyida 110 ta tez tibbiy yordam mashinasi Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparkiga berilgan.

Fevralda esa Jizzakh Auto bu turdagi avtomobillarning 117 donadan iborat navbatdagi partiyasini hududlarga taqdim etgan.

Avgust oyida A toifali 50 ta Volkswagen Caddy Qashqadaryo va Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmalari tizimidagi 103 shoxobchalariga topshirilgan.

Mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bunga Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki imtiyozli kreditlar ajratgan.

Ma’lumot uchun, yangi avtomobillar barcha so‘nggi talablar asosida zamonaviy va qulay texnikalar bilan jihozlangan, ular samarali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi. Avtomobil tibbiy salonida shovqin va tebranish izolyatsiyasi, bemorni namlantiruvchi kislorod bilan ta’minlash tizimi, dastakli infuzion tizim, bemorni tashish uchun ko‘p funksiyali nosilkalar hamda konditsioner tizimi bor.