2022 yilda O‘zbekiston bo‘yicha «Tez yordam»ga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Natijada har 1000 nafar aholiga o‘rtacha 366 ta murojaat to‘g‘ri keldi. Shundan 1 million 180 ming 416 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng ko‘p murojaat Farg‘ona viloyatida 1 520 448 ta (11,67 foiz) qayd etildi. Shuningdek,

  • Andijon viloyatida 1 415 023 ta (10,87 foiz);
  • Toshkent shahrida 1 280 242 ta (9,83 foiz);
  • Toshkent viloyatida 1 262 187 ta (9,69 foiz);
  • Namangan viloyatida 1 227 318 ta (9,42 foiz) kuzatildi.

Solishtirish uchun, 2021 yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 million 590 ming 250 ta chaqiriq kelib tushgan.