O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 ming 771 ta chaqiriq kelib tushdi (2022-yilda 13 mln 22 mingta, 2021-yilda 12 mln 590 mingta). Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Qo‘ng‘iroqlardan 888 ming 57 tasida katta yoshli, 337 712 tasida kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan, eng kam chaqiriq esa Navoiy va Sirdaryo viloyatidan kelib tushgan.

Tez yordamga qilingan eng ko‘p va eng kam murojaatlar soni:

  • Farg‘ona viloyatida — 1 460 549 ta;
  • Andijon viloyatida — 1 374 693 ta;
  • Toshkent shahrida — 1 363 610 ta;
  • Toshkent viloyatida — 1 288 111 ta;
  • Namangan viloyatida — 1 257 328 ta;
  • Navoiy viloyatida — 413 247 ta;
  • Sirdaryo viloyatida — 491 104 ta;
  • Jizzax viloyatida — 542 043 ta.

Avvaroq Sog‘liqni saqlash vazirligi 2023-yilda tez yordamga 3,5 mingta yolg‘on chaqiriq tushganini xabar qilgandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik holatlari yuzasidan nizom ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilganlarni xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati — bugungi kunda 178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda.